I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
94
95
Aybsizlik  prezumptsiyasi  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
26-moddasida 
mustahkamlangan. 
Aybsizlik  prezumptsiyasi  (lotincha  praesumptio  -  taxmin 
so‘zidan)  jinoyat  protsessining  muhim  demokratik 
prinsiplaridan  biri  bo‘lib,  u  shaxs  huquqlarining 
himoyalanishini ta’minlaydi, asossiz ayblash va hukm qilishni 
istisno etadi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
26-moddasida “Jinoyat sodir etgan likda ayblanayotgan har bir 
shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, 
uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda 
ayblanayotgan  shaxsga  o‘zini  himoya  qilish  uchun  barcha 
sharoitlar ta’minlab beriladi” - deb belgilangan.
Bundan  tashqari,  aybsizlik  prezumpsiyasi  JPKming 
23-moddasida qayd qilingan bo‘lib, unda “gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchi  uning  jinoyat  sodir  etishda 
aybdorligi  qonunda  nazarda  tutilgan  tartibda  isbotlangunga 
va  qonuniy  kuchga  kirgan  sud  hukmi  bilan  aniqlangunga 
qadar aybsiz hisoblanadi”- deyilgan.
Shaxsiy  daxlsizlik  dеganda  uy-joy,  ish  joyining  daxlsizligi 
ham  tushuniladi  (Konstitutsiyaning  27-moddasi).  Uy-joyga 
faqat  unda  yashovchi  shaxslarning  aniq  roziligi  bo‘lgan 
hollarda  yo‘l  qo‘yiladi.  Yuqoridagilar  bilan  bir  qatorda 
insonning shaxsiy yozishuvlari, kundaliklari, rasmlari hamda 
ularning  matni  ham shaxsiy daxlsizlik  huquqi bilan  qamrab 
olinadi.
O‘zbekistonda  fuqarolarning  erkin  ko‘chib  yurish  huquqi 
kafolatlanadi.  Fuqarolarning  mamlakatimiz  hududida, 
shuningdek,  kelish  va  chiqib  kеtishdagi  ko‘chib  yurish 
erkinligi  –  kishilarning  shaxsiy  nomulkiy  huquqlaridan 
hisoblanib, ushbu huquq mutlaq Konstitutsiyaviy xususiyatga 
ega.  Shaxs  ushbu  huquqqa  muvofiq  o‘z  xohishiga  ko‘ra, 
O‘zbekiston hududi doirasida bir joydan ikkinchi joyga erkin 
xalqaro  pakt»ning  6,  7,  9,  10,  11-moddalarida  insonning 
yashash huquqi, qadr-qimmati, ozodligi va xavfsizligi, sha’ni 
va obro‘yini himoya qilish kabi huquqlari mustahkamlangan.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
24-moddasida  yashash  huquqining  mustahakamlanishi 
davlat tomonidan uni qo‘riqlash va himoya qilishning kuchli 
mexanizmini  yaratishni  talab  qiladi.  Bu  boradagi  tadbirlar 
nafaqat  jinoyatchilikni  oldini  olish  yoki  jinoyatga  qarshi 
kurashish natijasidagi huquqni himoya qilish faoliyatini, balki 
ijtimoiy  sohada  ham  inson  hayotining  ta’minlanishini  o‘z 
ichiga oladi.
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  inson 
huquqlari  va  erkinliklarining  daxlsizligi  kafolatlanadi. 
Shaxs  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  cheklashga  faqat 
O‘zbekiston  Respublikasining  qonunlarida  belgilangan 
asoslar va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi.
Sud-huquq 
islohatlarini 
yanada 
chuqurlashtirish 
O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli 
demokratik  o‘zgarishlarning  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri 
bo‘lib,  hisoblanadi.  Ushbu  islohоtlarning  asosiy  maqsadi 
barcha  uchun  teng,  adolat  hukmron  bo‘lgan,  shaxs,  uning 
huquq  va  erkinliklarini  himoyasida  turadigan  sud-huquq 
tizimini yaratishdan iborat.
Erkinlik  va  shaxsiy  daxlsizlik  huquqi  -  bu  har  bir  inson 
tug‘ilishi  bilan  qo‘lga  kiritadigan,  har  kim  erkin,  o‘z  ixtiyori 
bo‘yicha  harakat  qilishi,  o‘zganing  shaxsiy  erkinligi  va 
daxlsizligiga ziyon etmaydigan tarzda yurish-turishni tanlash 
imkonini beruvchi huquqdir. Shaxsning erkinligi jamiyatdagi 
axloq  me’yorlari  doirasidan  chiqmasligi  va  qonun  asosida 
bo‘lishi  kerak,  ya’ni  shaxs  har  qanday  harakatni  qonun  va 
qonun hujjatlarida man etilmagan va huquqiy ko‘rsatmalarga 
zid kelmagan taqdirda, amalga oshirish rnumkin.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling