I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
88 89 sоdir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar etkazgan bo‘lsa, vujudga keladi. Shaxsning chet davlat foydasini ko‘zlab, faoliyat yuritish yoki O‘zbekiston Respublikasi JKning Maxsus qismi ikkinchi bo‘limida nazarda tutilgan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarni sodir etish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon etkazganligini tasdiqlaydigan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hujjatlar shaxsning fuqaroligini yo‘qotish yuzasidan tashabbuskor organning asoslantirilgan taqdimnomasi bilan birga IIVga yuboriladi. O‘z navbatida IIV fuqarolikni yo‘qotish tashabbusi yuzasidan hujjatlar nusxalarini TIV va DXXga taqdim etadi. Ushbu tashkilotlar kelib tushgan hujjatlar asosida o‘zlarining xulosalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadilar. IIV fuqarolikni yo‘qotish haqidagi xulosani tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi; beshinchidan, agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishga olib keladi 22 .Chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan shaxs ushbu fakt haqida o‘ttiz kun ichida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar idoralariga yoki chet eldagi konsullik muassasalariga xabar berishi shart. Bu holda, manfaatdor vazirlik va idoralar chet elda doimiy yashovchi fuqarolarga nisbatan hujjatlarni TIVga yuboradilar. TIV hujjatlarni va IIV hamda DXXning xulosasini qabul qilib, ularni o‘zining hujjatlari va xulosasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi. Manfaatdor vazirlik va idoralar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy 22 O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi Qonuni // [Elektron manba] // URL: http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020). bilan birga O‘zbеkiston Respublikasi Prezidenli huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi; ikkinchidan, agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa, vujudga keladi. TIV va IIV hamda konsullik muassasalarining hujjatlari asosida hujjatlar va xulosani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga yuboradi. Bunda uch yillik muddat tartibi faqatgina 16 yoshga to‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi, ularning ota-onalari yoki ulardan birining iltimosnoma berganligi hollari bundan mustasno. Iltimosnomaga 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinadi. Konsullik muassasasi rahbari holatga qarab ob’ektiv mа’lumotlarga asoslangan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘z vaqtida konsullik hisobiga turmaganlik sabablarining uzrli ekanligiga mustaqil baho beradi; uchinchidan, agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa, vujudga keladi. Ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olinganligi haqida mа’lumotlar yoki arizalar kelib tushgan taqdirda, shaxsning haqiqatdan ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini aniqlash uchun zarur tekshiruvlarni olib boradilar. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olinganligi holati tasdiqlangan taqdirda, IIV yoki TIV hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadilar; to‘rtinchidan, agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling