I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
82
83
Tug‘ilish bo‘yicha fuqarolikka ega bo‘lishning ikkita asosiy 
shakli mavjud:
“Qondoshlik  huquqi”  (lotincha  “jus  sanguinis”  -  inglizcha 
right of blood”)  asosida  farzandning  fuqaroligi  uning  ota-
onasining  fuqaroligi,  ya’ni  majoziy  ma’noda  uning  tomirida 
qaysi  fuqaroning  qoni  oqayotgani,  kimning  avlodi  ekanligi 
bilan  belgilanib,  bunda  fuqarolikni  belgilash  u  tug‘ilgan 
hududga bog‘lanmaydi. Bu usul Еvropaning ko‘p mamlakatlari, 
shu  jumladan  -  Avstriya,  Norvegiya,  Finlandiya,  Italiya  va 
boshqalarda amal qilinadi.
“Yurtdoshlik huquqi” (lotincha “jus soli” - inglizcha “right 
of  the  soil”  )  asosiga  ko‘ra,  fuqarolikni  belgilashda  urg‘u 
bolaning  tug‘ilgan  joyini  qaysi  davlatga  tegishligidan  kelib 
chiqib belgilanadi, bunda tanlov uning ota-onasini fuqaroligi 
bilan  bog‘liq  bo‘lmaydi.  Masalan,  Braziliya  qonunchiligida 
belgilanishicha, ushbu davlat hududida tug‘ilgan har bir shaxs 
Braziliya fuqarosi hisoblanadi.
Аyrim  хоrijiy  mаmlаkаtlаrdа  fuqаrоlikni  оlish  uchun 
“tuprоq huquqi”ning o‘zi kаmlik qilаdi.
Fuqarolikni qabul qilishning usullaridan biri naturalizatsiya 
(fuqarolikni  qabul  qilish)  bo‘lib,  bu  umuman  fuqaroligi 
bo‘lmagan  yoki  boshqa  davlat  fuqarosi  bo‘lgan  shaxs 
tomonidan  fuqarolik  olinishi  bo‘yicha  yuridik  jarayondir. 
Naturalizatsiya  tartibda  fuqarolik  quyidagi  hollarda 
qabul  qilinadi:  a)  fuqaroligi  bo‘lmagan  yoki  fuqaroligini 
o‘zgartirmoqchi bo‘lgan shaxs so‘rovnomasiga asosan; b) bir 
davlat  fuqarosining  boshqa  davlat  fuqarosi  bilan  nikohdan 
o‘tishi  asosida;  c)  fuqaroligi  bo‘lmagan  yoki  boshqa  davlat 
fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishda.
Naturalizatsiya  asosida  fuqarolik  berish  yoki  rad  etish 
davlat  tomonidan  o‘rnatilgan  qoidalar  bilan  belgilanadi. 
Naturalizatsiya asosida fuqarolikni berish yakka tartibda yoki 
fuqarolikni o‘zgartirish huquqidari mahrum qilinishi mumkin 
emas”  dеgan  prinsip  mustahkamlangan
19
.  Ushbu  prinsip 
хalqaro  huquqning  umum  e’tirof  etilgan  qoidasi  asosida 
fuqarolik institutining ahamiyatini oshirish barobarida bejiz 
mustahkamlanib qo‘yilmagan.
Yuqorida  aytilganidek,  mamlakatimizda  fuqarolik  shaxs 
bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, 
bu aloqa ularning o‘zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasida  har  bir  kishi  fuqaro  bo‘lish 
huquqiga  egadir.  Qonunga  muvofiq,  hech  kim  fuqarolikdan 
yoki  fuqarolikni  o‘zgartirish  huquqidan  mahrum  qilinishi 
mumkin emas.
O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi  fuqarolikni  olish 
asoslaridan  qat’iy  nazar  barcha  uchun  tengdir.  O‘zbekiston 
Respublikasining  fuqarolari  kelib  chiqishlaridan,  ijtimoiy  va 
mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, 
dinga  munosabatidan,  siyosiy  va  boshqa  e’tiqodlaridan, 
mashg‘ulotining turi hamda boshqa holatlardan qat’iy nazar, 
qonun oldida tengdirlar.
Fuqarolikni  qabul  qilish  tartibi,  o‘zgartirish  va  uni 
yo‘qotish  asoslari  har  bir  davlatning  ichki  qonunchiligi 
–  Konstitutsiyalari,  fuqarolikka  oid  qonunlari  va  boshqa 
qonunosti hujjatlarida mustahkamlab qo‘yiladi.
Fuqarolikning yuzaga kelishi (kelib chiqishi) naturalizatsiya 
(inglizcha  naturalization)  yo‘li  bilan,  xalqaro  shartnoina 
asosida  va  ayrim  hollarda  -  reintegratsiya  (qayta  tiklanish) 
orqali va xadya etish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
Fuqarolikni  qabul  qilishning  asosiy  yo‘li  tug‘ilish  orqali 
(lotincha  filialis)  kelib  chiqadi,  qolgan  barcha  usullari  kam 
uchraydi.  Sababi  aksariyat  hollarda  kishilar  tug‘ilishi  bilan 
fuqarolikni qabul qilib, o‘z umri davomida uni o‘zgartirmaydi.
19  O’zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi  to’g’risida”gi  Qonuni  //  [Elektron 
manba] // URL: http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020).



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling