I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
84 85 tarzda fuqarolikning o‘zgarishi (transfert) bo‘lishi mumkin. Transfert vaqtida bir davlatdan boshqa davlatga olayotgan hudud aholisining, xohishidan qatdy nazar, bir davlatdan ikkinchisiga o‘tar edi. Transfert kam uchraydi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga alohida hollarda yuksak xizmatlari uchun davlat boshlig‘i tomonidan beriladigan xadya etilgan fuqarolik deb ataluvchi institut ham mavjud. Aksariyat davlatlarning qonunchiligi fuqarolikdan chiqish imkoniyatini nazarda tutadi. Masalan, fuqaroning tashabbusiga ko‘ra fuqarolikni tugatilishi - fuqarolikdan voz kechish, davlatning tashabbusiga koda fuqarolikni tugatilishi - fuqarolikdan mahrum etish, bir fuqarolikdan ikkinchi fuqarolikka o‘tishi yoxud davlat hududi chеgaralarining o‘zgarishi natijasida fuqarolik almashtirilishi (o‘zgarishi) mumkin, ekspatriatsiya insonning vaqtinchalik yoki umuman uni fuqarolikdan mahrum qilgan holda mamlakatdan chiqarib yuborilishi shakllari uchraydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning huquqiy maqomiga oid normalar eng markaziy o‘rinlarni egallagani mamlakatimizda fuqarolik institutiga davlat tomonidan o‘ta jiddiy yondoshilganidan darak beradi. Binobarin, har bir demokratik davlat faoliyatining mazmuni, avvalo, o‘z fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Fuqarolik holatiga tegishli asosiy tamoyillarning Konstitutsiyaviy mustahkamlanishi oqibatida fuqarolarning davlat bilan mustahkam huquqiy munosabatiga asos solindi. Konstitutsiyamizda yagona fuqarolik, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, barcha insonlarning teng huquqliligi, davlat o‘z fuqarolarining homiysi ekanligi kabi tamoyillar o‘rnatilganki, bu o‘z navbatida fuqarolarning davlat hokimiyati bilan bo‘ladigan munosabatlarida o‘zaro hurmat va mas’uliyat bilan yondashuvni shakllantiradi. manfaatdor shaxs (farzandlikka olishda) roziligi bilan amalga oshadi. Nаturаlizаtsiya. Ichki ishlаr Kоtibiyati vоyagа еtgаn, muоmаlаgа lаyoqаtli; Birlаshgаn Qirоllikdа istiqоmаt qilish, хаrаktеr, til vа kеlаjаkkа оid mаqsаdlаr, hаmdа eng so‘nggi kiritilgаn tаlаblаrdаn biri - Birlаshgаn Qirоllikdаgi hаyot hаqidа bilim bo‘yichа tаlаblаrgа jаvоb bеrа оlgаn hаr qаndаy shахsgа nаturаlizаtsiya (fuqаrоlik tаqdim etilishi) imkоniyatini tаqdim etishi mumkin. 20 Barcha mamlakatlarning qonunchiligi bir qator cheklanishlarga ega bo‘lib, ular asosida shaxslarga siyosiy, ijtimoiy, diniy, milliy va boshqa sabablardan kelib chiqqan holda naturalizatsiyada rad etiladi. Reintegratsiya usuli (dastlabki fuqarolikni qayta tiklash) kam uchraydi. Qoida bo‘yicha reintegratsiya jarayonida soddalashtirilgan tartibdagi fuqarolikni qabul qilish tartibi qo‘llaniladi. Bu usulga ko‘pincha naturalizatsiyaning bir shakli sifatida qаraladi. Xalqaro shartnomalar asosida fuqarolik qabul qilish va o‘zgartirish ko‘pincha bunday holatlar tinchlik haqidagi shartnomalar, repatriatsiya (lotincha repatpute, aynan vatanga qaytish dеgan ma’noni anglatadi) haqida kelishuvlar, hududiy masalalardagi kelishuvlar vaqtida bo‘ladi. Bu usul bir necha davlatlarning birlashishi bilan bog‘liq holda yangi davlat tarkib topishi yoki bir davlat bo‘linishi natijasida bir necha davlatlar tuzilishida, bir qism hududning bir davlatda boshqa davlat tasarrufiga o‘tishi (sessiya), shuningdek, qo‘shni davlatlar o‘rtasida alohida hududlarning almashuvi chog‘ida amalga oshiriladi. Hududiy o‘zgarishlar vaqtida ko‘ngilli ravishda fuqarolik tanlash (optatsiya), o‘zgartirish (ko‘chirish vaqtida), avtomatik 20 Bradley A.W., Ewing K.D. Constitutional and Administrative Law.Pearson Education Limited 2003. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling