I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
86 87 onasidan biri, buvasi yoki buvisi O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilganligini va boshqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlasa, taalluqli bo‘lmaydi; 3) qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi; 4) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olish va bajarish. Ayni paytda yuqorida 1, 2 va 3-bandlarda qayd etib o‘tilgan talablar alohida hollardagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi oldida buyuk xizmatlari yoki fan, texnika va madaniyat sohasida katta yutuqlari bo‘lgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini qiziqtiradigan kasb yoxud malakaga ega bo‘lgan ayrim shaxslarga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin 21 . Fuqarolikni yo‘qotish asoslari Qonuning 21-moddasida hamda “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalami ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida Nizom” da quyidagicha belgilangan, unga ko‘ra: birinchidan, shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida vujudga keladi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan uning chet el davlati armiyasiga harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek, politsiyasiga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlariga ishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoxud boshqa ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda. Bu holda, Konsullik muassasalari hujjatlarni TIVga (bundan buyon matnda TIV) yuboradilar, TIV olingan ma’lumotlarni va Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda IIV) hamda Davlat xavfsizlik xizmatining (bundan buyon matnda DXX) xulosalarini o‘zining hujjatlari va xulosasi 21 O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi Qonuni // [Elektron manba] // URL: http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020). Milliy qonunchiligimizga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga quyidagi hollarda olinadi: 1) tug‘ilganda; 2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida; 3) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha; 4) qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha. Jumladan, ota-onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolalarning fuqaroligi quyidagicha belgilanadi, ya’ni tug‘ilgan paytida ota-onasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lsa, bola O‘zbekiston Respublikasi hududida yoxud O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tug‘ilgan bo‘lishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Ota-onasining fuqaroligi har xil bo‘lib, ulardan biri bola tug‘ilgan paytida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan quyidagi hollarda bola O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi: 1) agar u O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan bo‘lsa; 2) agar u O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tug‘ilgan bo‘lsayu, ota-onasi yoki ularning biri shu vaqtda O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lsa. Milliy qonunchiligimizda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishning demokratik tartibi belgilangan. Masalan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘z iltimosnomalariga ko‘ra ushbu Qonunga binoan kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan qat’iy nazar, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat: 1) chet el fuqaroligidan voz kechish; 2) so‘nggi besh yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganlik.Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxslarga, basharti ular shu yerda tug‘ilgan va hech bo‘lmasa ota- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling