I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
80 81 chet elda yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi; fuqaroni chet davlatga topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi; ikki fuqarolikka yo‘l qo‘yilmasligi — o‘zbekiston fuqarosining chet davlat fuqaroligiga mansubligini tan olmaslik; onasi yoki otasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolalarning fuqaroligi; fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bolalarining o‘zbekiston fuqaroligini olishi; fuqarolikdan chiqish erkinligi; fuqarolikning to‘xtatilish asoslarini qonunda aniq belgilanganligi; fuqarolikni tiklash mumkinligi; fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mutlaq vakolatlari; xalqaro shartnomalarda milliy qonunchilikda bayon etilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalarining qo‘llanilishi va boshqalar 18 . Yuqorida fuqarolikka oid eng asosiy prinsiplar sanab o‘tildi. Har bir insonning uzviy huquqlaridan biri “fuqarolik” maqomini olishga bo‘lgan huquqi hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha demokratik davlatlarda insonlarning fuqarolik maqomiga ega bo‘lish asoslari huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida’’gi Qonunining 1-moddasiga binoan har bir kishiga O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish huquqi e’tirof etilgan, ya’ni “hech kim fuqarolikdan yoki 18 Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1992 й., 9-сон, 338-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 51-сон, 514-модда; 2015 й., 32-сон, 425-модда; 2016 й., 39-сон, 457-модда. hurmat qilishlari lozim bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida yashab turgan, lekin O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘xtatilgan, boshqa davlat fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ichki ishlar idorasi tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga mo‘ljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992- yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik masalalari qonun yo‘li bilan mustahkamlangan. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining quyidagi asosiy prinsiplari aks etgan : shaxs bilan davlat o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy aloqasining doimiyligi; har bir kishining fuqaro bo‘lish huquqiga egaligi; hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emasligi; davlatning (o‘z idoralari va mansabdor shaxslari orqali) va fuqaroning o‘zaro mas’ulligi; fuqarolarning huquq, erkinlik va manfaatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida ham himoya qilinishi; fuqarolikni qo‘lga kiritish asoslaridan qat’iy nazar, barcha uchun tengligi; fuqarolar kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan, mashg‘ulotining turi hamda boshqa holatlardan qat’iy nazar, qonun oldida tengligi; fuqarolarning teng huquqliligining barcha sohalarda ta’minlanishi; Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining ham fuqarosi ekanligi; nikohdan o‘tishda va uni bekor qilishda fuqarolikning saqlanib qolishi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling