I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
96 97 axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunlari asosida faoliyat ko‘rsatadilar. Bir so‘z bilan aytganda fikrlash, so‘zlash erkinligi, axborotlarni izlash, olish va tarqatish huquqi fuqarolarga davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etish imkonini beradi. Shu o‘rinda mustaqillik yillarida mamlakatimizda fuqarolarning so‘zlash erkinligi, axborotlarni izlash, olish va tarqatish huquqlarini ta’minlash borasida chuqur demokratik islohotlar amalga oshirilib kelinayotganligini qayd etib o‘tish joiz. Vijdon erkinligi - bu har bir inson o‘zi hohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi va dinga nisbatan betaraf bo‘lishi, shuningdek, dinga qarshi bo‘lishligi bilan ifodalanadi. O‘zbekistonda, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘z navbatida har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Ko‘rinib turibdiki, Konstitutsiyamizda fuqarolar uchun bu borada ham juda keng erkinliklar yaratilgan. Vijdon erkinligini tartibga soluvchi normalar muhim ahamiyatga ega. Vijdon erkinligi insonning dinga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi. Vijdon erkinligining mazmuni insonning dinga e’diqodi bor yoki yo‘qligi, betaraf bo‘lishi yoki ateist tushunchasiga ega bo‘lishi huquqidan iborat. Shu bilan bir qatorda insonlarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, huquq va erkinliklarda tengligi vijdon erkinligining asosiy yuridik kafolatlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi bunday huquqni har bir fuqaro uchun kafolatlaydi. O‘zbekistonda hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. ko‘chib o‘tishi, undan chiqib kеtishi va qaytib kelishi mumkin. Shuningdek, erkin ko‘chib yurish - yashash joyini o‘zi erkin tanlash huquqini ham o‘z ichiga oladi. Qonunda belgilangan cheklash hollari bundan mustasnodir. Har kimning o‘z fikrini erkin ifoda qilish huquqi o‘z ichiga izlanish erkinligi, har qanday axborotni olish, tarqatish, yozma yoki nashr shaklida yoxud badiiy shaklda ifodalash erkinligini amalga oshirish imkonini beradi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida “Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to‘siqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chеgaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi”, deyiladi. Ushbu moddada muayyan huquqlar bilan birga, unda ma’lum burch va javobgarlik ham mavjud. Xususan, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, boshqa shaxslar huquqi va obro‘sini hurmat qilish; ikkinchidan, davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi sog‘lig‘i va qadriyatlarini himoya qilish. Ta’kidlash joizki, shaxsiy huquqga tegishli qabul qilingan konstitutsiyaviy me’yorlar inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy andozalarga to‘la mos keladi. Fikrlash erkinligi dеganda so‘z erkinligi orqali amalga oshiriladigan, fikrini ochiq so‘zlash va boshqa shaxslarning e’tiboriga yetkazish tushuniladi. Ko‘p holatlarda so‘z erkinligi har bir fuqaroning so‘z erkinligini, ommaviy axborot vositalarida chiqish huquqini, o‘z fikr va e’tirozlarini ochiq so‘zlashni kafolatlaydigan O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Ommaviy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling