I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
122
123
bajarilishini  ta’minlovchi  normalar  takomillashtirilib 
borilmoqda.
Inson,  uning  har  tomonlama  uyg‘un  kamol  topishi  va 
farovonligi ko‘p jihatdan uning tabiatga nisbatan munosabati 
bilan  bog‘liq.  Chunki  ming  yillar  davomida  insoniyat  tabiat 
qonuniyatlari  asosida  yashab,  unga  moslashib,  uning 
ne’matlaridan bahramand bo‘lib kelmoqda.
Tabiatdan  foydalanish  jamiyatning  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
taraqqiy etishining muhim shartidir, ta’bir joiz bo‘lsa, davlat 
iqtisodiy  qudrati  va  salohiyatining  moddiy  asosidir.  Kishilik 
jamiyati  tabiiy  resurslardan  foydalanmagan  holda  mavjud 
bo‘la  olmaydi  va  bunday  sharoitda  barqaror  rivojlanish 
to‘g‘risida  so‘z  ham  bo‘lishi  mumkin  emas.  Shunday  ekan, 
tabiatdan foydalanish bu muqarrar voqeilikdir. O‘z navbatida 
inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda 
rivojlanishi lozim bo‘ladi.
Mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  mamlakatimizda 
atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan 
oqilona  foydalanish  va  ekologik  xavfsizlikni  ta’minlashda 
ekologik  omillarning  ustuvorligi  va  bozor  iqtisodiyotining 
tamoyillari, ma’muriy va iqtisodiy-huquqiy mexanizmlaming 
o‘zaro bog‘liqligi asosida bosqichma-bosqich ekologik siyosat 
olib borilmoqda.
Shuning  uchun  ham  atrof  tabiiy  muhitga  bo‘lgan 
munosabatda  fuqarolarning  ehtiyotkor  bo‘lishga  majburligi, 
uning eng muhim burchlari qatorida tabiatning inson oldida 
emas,  balki  insonning  tabiat  oldida  ma’sulligi  va  uning  bir 
bo‘lagi sifatida uni asrab-avaylashi haqidagi tabiiy qonuniyat 
yotadi.
Konstitutsiyaning  50-moddasida  “Fuqarolar  atrof  tabiiy 
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” 
deb belgilangan qoida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar 
amalga  oshirilishi  kerak  bo‘lgan  xayrli  ishlarning  poydevori 
bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasida ham mustaqillikning dastlabki 
kunlaridayoq  muqaddas  qadamjolar  va  moddiy-madaniy 
yodgorliklarni  asrab-avaylash,  ta’mirlash  borasida  amaliy 
harakatlar  boshlab  yuborildi.  O‘lkamizning  deyarli  barcha 
shaharlarida  bunyod  etilgan  tarixiy-moddiy  me’morchilik 
obidalari,  ko‘hna  osori-atiqalar  ko‘pligi  tufayli  jahon 
jamoatchiligi  tomonidan  mamlakatimizni  “ochiq  osmon 
ostidagi  muzey”  deya  e’tirof  etilganligining  o‘ziyoq,  o‘zbek 
xalqi  uchun  yuksak  iftixordir.  Masalan,  2002-yil  24-yanvar 
YUNESKOning  Finlyandiyada  o‘tkazilgan  25-sessiyasida 
Samarqand 
tarixiy 
markazining 
me’moriy-tarixiy 
yodgorliklari YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. 
Mamlakatimizning 5 ta shahri YUNESKOning tarixiy shaharlar 
ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ulardagi 2500 ta tarixiy obida, 2700 
ta arxeologik yodgorlik, 1800 ta monumental san’at asarlari 
davlatimiz muhofazasiga olindi.
Mustaqilligimizning  dastlabki  yillaridayoq  tarixiy 
yodgorliklarni asrab-avaylash bo‘yicha huquqiy zamin yaratildi. 
Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 
XII  bob,  49-moddasida  “Fuqarolar  o‘zbekiston  xalqining 
tarixiy,  ma’naviy  va  madaniy  merosini  avaylab-  asrashga 
majburdirlar. Madaniy yodgorliklar davlat muhofazasidadir” 
deb  belgilab  qo‘yilishi  ushbu  sohadagi  munosabatlarning 
huquqiy  poydevori  sifatida  muhim  ahamiyat  kasb  etdi. 
Mamlakatimizda  xalqimizning  bebaho  tarixiy,  madaniy, 
ma’naviy va moddiy merosini asrab-avaylash, o‘rganish hamda 
targ‘ib qilish masalasiga eng muhim ustuvor vazifalardan biri 
sifatida e’tibor qaratildi.
Mamlakatimizda bu boradagi ishlar davom ettirilib, buyuk 
ajdodlarimiz  va  kelajak  avlod  oldidagi  burchlar  sidqidildan 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling