I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
124
125
benzin, dizеl yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan 
soliq.
Boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar:
yagona ijtimoiy to‘lov;
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning 
sug‘urta badallari;
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar;
Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;
davlat boji;
bojxona to‘lovlari;
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
Shuningdek,  belgilangan  hollarda  va  tartibda  soliq 
solishning  soddalashtirilgan  tartibida  to‘lanadigan  quyidagi 
soliqlar qo‘llanilishi mumkin:
yagona soliq to‘lovi;
yagona yer solig‘i;
tadbirkorlik  faoliyatining  ayrim  turlari  bo‘yicha  qat’iy 
belgilangan soliq.
Ushbu  nazarda  tutilgan  soliqlar  hamda  boshqa  majburiy 
to‘lovlar  umumdavlat  soliqlari  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar 
hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarzida 
undiriladi.
O‘zbekiston  Respublikasining  suvereniteti,  hududiy 
yaxlitligini,  aholining  tinch  hayoti  va  xavfsizligini  himoya 
qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  har  bir  fuqarosining  Vatani 
oldidagi muqaddas va sharafli burchidir.
Avvalambor,  “Burch  -  kishining  biror  shaxs,  oila,  jamoa, 
el-yurt,  Vatan  oldidagi  majburiyatini  anglatuvchi  axloqiy 
tushuncha. Burchda ob’ektiv munosabatlar ifodalanadi, ya’ni 
u  jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  axloqiy  negizlari  bilan 
belgilanadi. Burchining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, 
uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologik tizimlar va tabiat 
ob’ektlarining muhofaza qilinishini, fuqarolarning qulay atrof 
muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlashga qaratilgan.
Fuqarolarning  eng  muhim  Konstitutsiyaviy  burchlaridan 
biri  ularning  qonun  bilan  belgilangan  soliqlar  va  mahalliy 
yig‘imlarni to‘lashga majbur ekanliklaridir.
O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksi 12-moddasiga 
muvofiq,  soliqlar  dеganda,  soliq  kodeksida  belgilangan, 
muayyan  miqdorlarda  undiriladigan,  muntazam,  qaytarib 
berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga 
yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Majburiy to‘lovlar dеganda esa soliq kodeksida belgilangan 
davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  majburiy  pul  to‘lovlari, 
bojxona  to‘lovlari,  shuningdek,  vakolatli  organlar  hamda 
mansabdor  shaxslar  tomonidan  yuridik  ahamiyatga  molik 
harakatlarni  to‘lovchilarga  nisbatan  amalga  oshirish  uchun, 
shu  jumladan  muayyan  huquqlarni  yoki  litsenziyalar  va 
boshqa  ruxsat  beruvchi  hujjatlarni  berish  uchun  to‘lanishi 
lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliq  kodeksi  23-moddasida  soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to‘lovlarning  turlari  belgilangan  bo‘lib,  O‘zbekiston 
Respublikasi  hududida  faqatgina  soliq  kodeksida  nazarda 
tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aktsiz solig‘i;
yer  qa’ridan  foydalanuvchilar  uchun  soliqlar  va  maxsus 
to‘lovlar;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
mol-mulk solig‘i;
yer solig‘i;



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling