KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
126
127
Demak,
ushbu
muqaddas
burch
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi 52-moddasida “O‘zbekiston
Respublikasini himoya qilish - O‘zbekiston Respublikasi har
bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan
tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar”
deb belgilandi.
“Vatanparvarlik tuyg‘usi O‘zbekiston fuqarolariga xos
xislat. O‘z davlatining obro‘-e’tiborini mustahkamlash, qadr-
qimmatini saqlash uchun ular halol va vijdonan mehnat
qiladilar, uning iqtisodini yanada rivojlantirish uchun
jamiyatda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni
muvaffaqiyatli hal qilish uchun harakat qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi qayerda va
qanday lavozimda ishlamasin, qanday vazifani bajarmasin,
vaqtincha qaysi xorijiy davlatda yashab, unga topshirilgan
vazifani bajarishda davom etib turmasin, o‘zining tutgan
o‘rni, xatti-harakatlari bilan o‘z Vatanining obro‘sini baland
ko‘tarishga, uning sha’niga dog‘ tushirmaslikka, O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi dеgan nomga munosib bo‘lishga
harakat qiladi”.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasini himoya
qilish - o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘lagan, uning
mustaqilligi yo‘lida o‘zini fido etadigan, unga sadoqatini
ifodalaydigan har bir O‘zbekiston fuqarosining insoniy
tuyg‘usidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |