I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
140 141 “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va har bir tabiiy resurslar to‘g‘risidagi qonunlarda yanada rivojlantirilgan va kengroq tartibga solingan. Xususan, Fuqarolik kodeksida tabiiy resurslar Respublika mulki, Yer kodeksi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunda - davlat mulki (umummilliy boylik), “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunlarda - umummilliy boylik, “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunda (yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasining mulki sifatida talqin etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish talabi mustahkamlangan. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish deganda, ulardan ilmiy asoslangan, har bir tabiat ob’ektining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan, ekologik va iqtisodiy manfaatlar uyg‘unlashgan holda, tejamli, ularni qayta tiklash, holatini yaxshilash va keskin o‘zgartirmaslikni ko‘zda tutadigan holda foydalanish tushuniladi. Shuningdеk, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi davlat mulk huquqi ustuvoriigi e’tirof etilishi, belgilangan tartibda qo‘lga kiritilgandan so‘ng xususiy mulkka aylanishi, davlat tasarruf etish huquqini davlat organlari faoliyati orqali amalga oshirishi, tabiiy resursdan maqsadli foydalanish talabi belgilanganligi, hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini ta’minlagan holda amalga oshirilishi kabi xususiyatlari bilan tavsiflanadi. majburiyatlar ham yuklangan bo‘lib, ularga ko‘ra ekologik muhitga zarar etkazmaslik, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmaslik shart. Ekologik muhit - bu insonni o‘rab turgan tabiiy kelib chiqishga ega bo‘lgan atrof tabiiy muhit. Ekologik muhitga zarar yetkazish hozirgi va kelajak avlod manfaatlariga daxl qilishi, salbiy ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik oqibatlarga sabab bo‘lishi va mamlakatning har tomonlama rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi tufayli konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilgan. Mulk huquqi tabiiy resurslar kimga tegishliligini va mulkdorlarning ularga nisbatan vakolatlarini anglatadi. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi unga egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Asosiy qonunimizda tabiiy resurslar umummilliy boylik sifatida e’tirof etilgan. Tabiiy resurslar - yer, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari va shu kabilar mol-mulk ob’ektlari tizimida alohida o‘rin egallaydi. Birinchidan, ular ko‘p hollarda inson mehnatining mahsuli emas, foydalanib bo‘lgandan keyin qayta tiklanmaslik xususiyatiga ega yoxud qayta tiklash uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Ikkinchidan, tabiiy resurslar jonli va jonsiz tabiatning tarkibiy qismi, inson yashash muhiti bilan uzviy bog‘liq. Binobarin, tabiiy resurslardan har qanday foydalanish va unga ta’sir qilish bevosita boshqa shaxslarga va jamiyatga muayyan darajada ta’sir etmasdan iloji yo‘q. Uchinchidan, tabiiy resurslardan foydalanmasdan turib har qanday ishlab chiqarish jarayonini tashkil etib bo‘lmaydi. Iqtisodiy tizimda tabiiy resurslar ishlab chiqarish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tabiiy resurslarni umummilliy boylik sifatida e’tirof etuvchi Konstitutsiyamizning 55-moddasi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, Yer kodeksida, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling