I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
144 145 ekologiya, yoshlar, madaniyat, ta’lim, ayollar, qariyalar, jismoniy madaniyat va sport va h.k.) kelib chiqib manfaatlar mushtarakligi asosida birlashadilar. Jamoat birlashmalari turli mezonlaridan kelib chiqib quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra — tashkilotlar, harakatlar, jamg‘armalar, jamoat muassasalari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari; a’zolik xususiyatiga ko‘ra - qat’iy a’zolik va qat’iy bo‘lmagan a’zolik; ustavda belgilangan faoliyat yo‘nalishlari sohasidan kelib chiqib - hayriya, ekologiya, yoshlar, madaniyat, ta’lim, ayollar, qariyalar, jismoniy madaniyat va sport va h.k.; jamoat birlashmasi faoliyatida siyosiy belgilarning aks etgan ligiga ko‘ra - siyosiy; nosiyosiy tashkilotlar; faoliyatining hududiy sohasiga ko‘ra-umumrespublika, mintaqalararo, mintaqaviy, mahalliy va xalqaro; a’zolarining soniga ko‘ra-ommaviy, individual a’zolik; tashkilot faoliyatini tashkil etish tuzilishiga ko‘ra — markazlashgan va nomarkazlashgan; ijtimoiy-huquqiy maqomiga ko‘ra - tegishli organlarida ro‘yxatga olingan, ro‘yxatga olinmagan, noqonuniy (davlat tomonidan taqiqlangan, yashirin, mahfiy). Jamoat birlashmalari tizimiga quyidagilar kiradi: siyosiy partiyalar; ommaviy harakatlar; kasaba uyushmalari; xotin-qizlar jamiyatlari; yoshlar va bolalar tashkilotlari; veteranlar va nogironlar tashkilotlari; ilmiy-texnikaviy; madaniy-ma’rifiy; jismoniy tarbiya-sport; va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o‘rtasida tinchlik va do‘stlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi”. Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek, konstitutsion tuzumni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan o‘zgartirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, zo‘ravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu jumladan sinfiy, shuningdek, irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar qilish maqsadini ko‘zlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jamoat birlashmalari o‘z a’zolarining ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat qiladi. Davlat o‘zining Konstitutsiya va boshqa qonunlarida jamoat birlashmalarining qonuniy huquq va manfaatlariga shart- sharoitlar yaratish uchun va asosiy vazifasini amalga oshirish uchun kafolatlar beradi. Yoshlar va bolalar tashkilotlariga davlat moliyaviy va mol- mulk tomonidan yordam beradi, soliq siyosatida imtiyozli munosabatlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Binolardan foydalanishda imtiyozlar va boshqa sharoitlar yaratadi. Davlat organlarining, mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Albatta tegishli qonunlarda ko‘rsatilgan nazorat vazifalari bundan mustasnodir. Jamoat birlashmalari faoliyat maqsadlari tasnifiga ko‘ra turli xil bo‘lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining har biri o‘z maqsadlariga erishish uchun muayyan vazifalarni ilgari suradi va bu orqali fuqarolarning o‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydi. Fuqarolar jamoat birlashmalarining ustavlarida belgilangan faoliyat yo‘nalishlari va sohalaridan (hayriya, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling