I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekistonda jamoat birlashmalari


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

2-§. O‘zbekistonda jamoat birlashmalari 
faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari
Jamoat birlashmasi - bu o‘z manfaatlarini turli xil shakllarda, 
shu  jumladan,  muayyan  me’yor  va  qoidalar  asosidagi 
dasturlar shaklida birgalikda amalga oshiruvchi shaxslarning 
birlashmasi hisoblanadi.
Jamoat birlashmasi deganda uning mohiyatiga e’tibor berish 
kerak bo‘ladi. Jamoat birlashmasi biron-bir shaxsni yoki ayrim 
guruhlarning shaxsiy foyda olish istagini ifodalamaydi. Jamoat 
birlashmalari  odatda  g‘oya,  iroda  bilan  harakatga  keladi, 
ularning  yagona  maqsadi  jamiyatni  takomillashtirish.  Ular 
o‘z oldiga nazorat qilish yoki foyda olish vazifasini qo‘ymaydi, 
balki ular jamiyatni mukammallashtirish yo‘nalishi va istagida 
faoliyat  yuritadi.  Demak,  jamoat  birlashmalari  fuqarolarga 
o‘zlariga  o‘zlari  yordam  berishlari,  o‘z  hayotlarini,  jamiyatni 
takomillashtirish orqali yaxshilash imkonini beradi.
Inson 
huquqlari 
umumjahon 
deklaratsiyasining 
20-moddasiga ko‘ra “Har bir inson tinch yig‘inlar o‘tkazish va 
uyushmalar tuzish huquqiga ega”, 23-modda 4-qismiga ko‘ra 
“Har bir inson kasaba uyushmalari tuzish va o‘z manfaatlarini 
himoya  qilish  uchun  kasaba  uyushmalariga  kirish  huquqiga 
ega”.  1966-yil  19-dekabrda  qabul  qilingan  Fuqarolik  va 
siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 22-moddasiga 
ko‘ra  “Har  bir  inson  boshqalar  bilan  assotsiatsiyalar  tuzish, 
jumladan,  kasaba  uyushmalar  tashkil  etish  erkinligi  va  o‘z 
manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  shunday  uyushmalarga 
kirish huquqiga ega”.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga 
asosan  kasaba  uyushmalar,  olimlarning  jamiyatlari,  xotin-
qizlar,  faxriylar  va  yoshlar  tashkilotlari,  ijodiy  uyushmalar, 
ommaviy  harakatlar  va  fuqarolarning  boshqa  uyushmalari 
jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilgan.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
jamoat 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling