I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
142
143
birlashmalariga  o‘z  ustavlarida  nazarda  tutilgan  asosiy 
maqsad  va  vazifalarni  bajarish  imkonini  kafolatlaydi.  Bu 
kafolat fuqarolarning ixtiyoriy uyushishga bo‘lgan huquqlarini 
ro‘yobga chiqarish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi  kunda  yurtimizda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  9200 
dan  ziyod  nodavlat  notijorat  tashkiloti  jismoniy  va  yuridik 
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik 
qadriyatlarni  himoya  qilishda,  ijtimoiy,  madaniy  va  ma’rifiy 
maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda.
O‘zbekiston  Respublikasining  1991-yil  15-fevralda  qabul 
qilingan  “O‘zbekiston  Respublikasida  jamoat  birlashmalari 
to‘g‘risida”gi  qonunida  jamoat  birlashmasi  tushunchasi, 
maqsadi, shakllari, faoliyat doirasi va huquqlari, maqomi va 
ro‘yxatga olinishi kabi normalar o‘z ifodasini topgan.
O‘z  huquqlari,  erkinliklarini  hamda  siyosat,  iqtisodiyot, 
ijtimoiy  rivojlanish,  fan,  madaniyat,  ekologiya  va  hayotning 
boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga 
chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini 
erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma 
jamoat birlashmasi hisoblanadi.
Jamoat  birlashmalari  o‘z  ustavida  belgilangan  maqsad 
va vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etiladi. “Jamoat 
birlashmalari  to‘g‘risida”gi  qonunning  3-moddasiga  ko‘ra, 
“Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va 
himoya  qilish;  fuqarolarning  faolligi  va  tashabbuskorligini, 
davlat  va  jamiyat  ishlarini  boshqarishda  ularning  ishtirok 
etishini  rivojlantirish,  kasb-kor  va  havaskorlik  qiziqishlarini 
qondirish;  ilmiy,  texnikaviy  va  badiiy  ijodkorlikni 
rivojlantirish;  aholining  sihat-salomatligini  saqlash,  xayriya 
faoliyatida  qatnashish;  madaniy-ma’rifiy,  jismoniy  tarbiya-
sog‘lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish; tabiatni, 
madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish; vatanparvarlik 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling