I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
146
147
(konferensiyasi)  yoki  umumiy  yig‘ilish  bayonnomasi,  qonun 
talablari  bajarilganligini  tasdiqlovchi  boshqa  hujjatlar  ilova 
qilinadi.
Ustavni ro‘yxatga olish xaqidagi ariza u topshirilgan kundan 
boshlab ikki oy muddatda ko‘rib chiqiladi.
Jamoat  birlashmalari  ustavlariga  kiritilgan  o‘zgarishlar, 
qo‘shimchalar  ham  ustavlarni  ro‘yxatga  olish  tartibi  va 
muddatlariga muvofiq ro‘yxatga olinishi lozim.
Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga oluvchi idoralar 
ana shu birlashmalar ro‘yxatini tuzib boradilar.
Jamoat  birlashmasining  ustavida  quyidagilar  ko‘zda 
tutilishi kerak:
jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi;
jamoat birlashmasining ichki tuzilishi, uning o‘z faoliyatini 
amalga oshiradigan xudud;
jamoat  birlashmasi  a’zoligiga  qabul  qilish  shartlari  va 
tartibi, agar birlashma ro‘yxatda qayd etiladigan a’zolarga ega 
bo‘lsa, bunday hollarda undan chiqish shartlari va tartibi;
jamoat birlashmasi a’zolari (qatnashchilari)ning huquqlari 
va burchlari;
jamoat  birlashmasi  hamda  uning  tashkilotlari  rahbar 
idoralarining  vakolatlari  va  ularni  tuzish  tartibi,  vakolat 
muddati;
jamoat  birlashmasi  hamda  tashkilotlarining  mablag‘lari 
va boshqa mol-mulkini hosil qilishning pul bilan ta’minlanish 
manbalari;
jamoat  birlashmasining  rahbar  idorasi  qayerda 
joylashganligi;
jamoat  birlashmasi  ustaviga  o‘zgartishlar,  qo‘shimchalar 
kiritish tartibi;
jamoat birlashmasi faoliyatini to‘xtatish tartibi.
Ustavda  jamoat  birlashmasi  faoliyatiga  taalluqli  boshqa 
qoidalar ham ko‘zda tutilishi mumkin. Jamoat birlashmasining 
ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar;
yurtdoshlar uyushmalari;
assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari.
Jamoat  birlashmalari  aholining  ma’lum  qismini  o‘zida 
birlashtirgan
bo‘lib, ularning ma’lum bir sohadagi manfaatlarini amalga 
oshirish uchun tashkil etiladi.
Jamoat  birlashmasi  birlashma  sifatida  tan  olinishi  uchun 
albatta  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan 
ro‘yxatga olinishi shart.
Jamoat birlashmasi kamida o‘n nafar fuqaroning tashabbusi 
bilan tuziladi.
Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari ta’sis s’ezdini 
(konferensiyasini) yoki umumiy yig‘ilishini chaqiradilar, unda 
ustav  (nizom,  o‘zga  asosiy  hujjat)  qabul  qilinadi  va  rahbar 
idoralar tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro, jamoat 
tashkilotlarining  respublika,  viloyatlararo  birlashmalarining 
ustavlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 
ro‘yxatga 
olinadi. 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida 
jamoat  birlashmasining  ustavini  ro‘yxatga  olish  tartibi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq hududida yoki 
ikki va undan ortiq tuman, shahar, shaharcha, qishloq hududida 
faoliyatini  amalga  oshiradigan  jamoat  birlashmalarining 
ustavlari  viloyatlar,  Toshkent  shahar  adliya  boshqarmalari 
tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Jamoat  birlamasi  ustavini  ro‘yxatga  olish  uchun  ustav 
qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida mazkur 
jamoat  birlashmasi  rahbari  va  idora  a’zolari  tomonidan 
imzolangan  va  shu  a’zolar  har  birining  familiyasi,  ismi, 
otasining ismi, tug‘ilgan yili, istiqomat joyi ko‘rsatilgan ariza 
topshiriladi.  Arizaga  ustav,  ustavni  qabul  qilgan  ta’sis  s’ezdi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling