I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
134
135
xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, 
muassasalari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta 
ishlov  berilguniga  qadar,  shuningdek,  sanoatda  qayta  ishlov 
berilishi mumkin bo‘lmagan mol- mulk);
ionlovchi  nurlanish  manbalaridan  foydalanib  ilmiy-
tadqiqot,  tajriba-konstruktorlik  ishlarini  olib  boruvchi, 
rentgen  uskunalari,  asbob-uskunalar  va  jihozlarni  ishlab 
chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi 
korxonalar va ob’ektlar;
radioaktiv  moddalarni  kavlab  olish,  ishlab  chiqarish, 
tashish,  qayta  ishlashni,  radioaktiv  chiqindilarni  ko‘mish, 
uran va boshqa bo‘linuvchi materiallarni, shuningdek, ulardan 
yasalgan  buyumlarni  realizatsiya  qilishni  amalga  oshiruvchi 
korxonalar va ob’ektlar;
qurol-yarog‘  va  o‘q-dorilar,  himoya  vositalari,  harbiy 
texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-
uskunalar,  portlovchi  moddalar,  pirotexnika  mahsulotlari, 
shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar 
va  uskunalar  ishlab  chiqish,  tayyorlash,  ta’mirlash  va 
realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar;
ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan o‘qotar qurollar 
va o‘q-dorilar, shuningdek, tig‘ qurol (sovg‘a tarzidagi milliy 
pichoqlar  bundan  mustasno)  ishlab  chiqarish,  ta’mirlash 
va  realizatsiya  qilishni  amalga  oshiruvchi  korxonalar  va 
tashkilotlar;
kuchli ta’sir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va 
zaharli  moddalar  ishlab  chiqaruvchi,  shuningdek,  tarkibida 
giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar bo‘lgan ekinlar 
ekuvchi,  etishtiruvchi  va  ularga  qayta  ishlov  beruvchi 
korxonalar;
O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  zaxiralari.  Fuqaro 
muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi ob’ektlar hamda mol-
mulk;
207-moddasiga ko‘ra, xususiy mulk huquqi shaxsning qonun 
hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik 
qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish  huquqidir. 
Xususiy  mulk  bo‘lgan  mol-mulkning  miqdori  va  qiymati 
cheklanmaydi.  Fuqarolar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlari, 
kooperativlar,  jamoat  birlashmalari,  ijtimoiy  fondlar  va 
davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar xususiy 
mulk  huquqining  sub’ektlari  hisoblanib,  qonun  bilan  man 
etilgan  ayrim  ashyolardan  tashqari  har  qanday  mol-mulk 
xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish 
va  xususiylashtirish  to‘g‘risida”gi  qonunning  4-moddasida 
davlat  tasarrufidan  chiqarilmaydi  va  xususiylashtirilmaydi 
davlat mulki ob’ektlarining 18 ta toifasi belgilab berilgan. Ular 
sirasiga quyidagilar kiradi, jumladan:
O‘zbekiston  Respublikasi  hududi  doirasida  yer  (qonun 
hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollar  bundan  mustasno),  yer 
osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot 
dunyosi;
moddiy  madaniy  meros  ob’ektlari,  shu  jumladan  davlat 
fondlarida,  milliy  fondlarda,  axborot-kutubxona  fondlarida 
va ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlarida saqlanayotgan 
moddiy  madaniy  meros  ob’ektlari,  shuningdek,  arxivlar, 
muzeylar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  byudjetining,  valyuta 
zaxirasining, davlat maqsadli jamg‘armalarining, O‘zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  bankining  mablag‘lari,  shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasining oltin zaxirasi;
pul  muomalasi  bo‘yicha  xizmat  ko‘rsatuvchi  davlat 
tashkilotlari,  qimmatli  qog‘ozlarni,  ordenlarni,  medallarni 
va  pochta  to‘lovi  belgilarini  ishlab  chiqarishni  ta’minlovchi 
korxonalar va tashkilotlar;
O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining,  Davlat 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling