I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
130 131 rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Mamlakatimizda fuqarolarning Konstitutsiya bilan kafolatlangan iqtisodiy huquqlarini, avvalambor, mulk huquqini kafolatlash bilan bog‘liq islohotlar samarasi o‘laroq, iqtisodiy o‘sish sur’atlari muntazam oshib bormoqda. Hech bir davlat yoki jamiyatni iqtisodiy munosabatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamiyatning iqtisodiy negizlari esa turli ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirib, tartibga solib, o‘zgartirib, takomillashtirib boradi. Demak, insoniyatning hayoti va faoliyati hamda jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy negizlar eng asosiy zaruratdir. O‘zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Dunyo tajribasida bozor iqtisodiyotining quyidagi uch modeli farqlanadi: aralash iqtisodiyot (AQSh, Angliya, Fransiya), ijtimoiy bozor xo‘jaligi (Germaniya, Shvetsiya), korporativ iqtisodiyot (Yaponiya). O‘zbekistonda shakllangan bozor iqtisodiyoti mazmunan ijtimoiy bozor xo‘jaligi modeliga (bozordagi faoliyat tartib-qoidalarini qonunlar belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga bo‘ysunadi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqlanib qоlinadi, iqtisodiyot erkinlashgan bo‘ladi, xususiy sektor qo‘llab-quvvatlanadi) yaqin bo‘lsada, bir qator o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. O‘zbekiston iqtisodiyoti negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Shunday ekan, jamiyatimizning iqtisodiy negizlari hayotimizning asosiy hodisalaridan hisoblanib, mavjud mulkchilik munosabatlariga asoslanadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday Konstitutsiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Konstitutsiyadagi prinsip va boshlang‘ich asoslar demokratik huquqiy davlat talablariga to‘la mos kelib, ular o‘zbek milliy davlatchiligining tarixiy rivojlanish tajribasiga tayanadi. Konstitutsiya davlatning qiyofasi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tizimining demokratik tabiati, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, fuqarolarining huquq va erkinliklari qay darajada yuridik jihatdan himoyalanganligini aks ettiruvchi ko‘zgudir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham iqtisodiy hayotning eng muhim jihatlari, jumladan, jamiyatning iqtisodiy negizining huquqiy asoslari tartibga solingan bo‘lib, ushbu huquqiy normalar mamlakatimiz taraqqiyotida va iqtisodiy hayotida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. “Xalqimizning faravon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish - Konstitutsiyamizning bosh maqsadidir. Konstitutsiyamizda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligi, barcha mulk shakllarining tengligi va davlat tomonidan birdek muhofaza etilishi kafolatlangan”. Konstitutsiyamizda iqtisodiy sohada taraqqiy etgan mamlakatlarning asosiy qonunlarida mustahkamlangan mulk shakllarining xilma-xilligi, mulk huquqi kafolatlari, mulk huquqini amalga oshirish talablari, xususiy mulk daxlsizligi, mulk huquqining davlat tomonidan himoya qilinishi, tabiiy resurslardan jamiyat manfaatlarini ko‘zlab oqilona foydalanish lozimligi kabi qoidalar sifatida davlatning ijtimoiy xarakteri o‘z ifodasini topgan. Ushbu konstitutsiyaviy qoidalar bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik erkinligi va xususiy mulkdorlar qatlamini shakllantirishda va shu orqali fuqarolik jamiyatini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling