I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
192
193
1925-yil  12-19-fevralda  To‘rtko‘l  shahrida  bo‘lib  o‘tgan 
Qoraqalpog‘iston  avtonom  viloyati  Sovеtlarining  birinchi 
s’ezdi  “Qoraqalpog‘iston  avtonom  viloyati  Qozog‘iston  ASSR 
tarkibida tashkil topganligi to‘g‘risida Deklaratsiya”sini qabul 
qildi  va  “qoraqalpoq  xalqining  milliy  davlatchiligi”  tashkil 
etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi.
1932-yil 5-martda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Ijroiya 
qo‘mitasining Plenumida Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatini 
bevosita  RSFSR  tarkibiga  kiradigan  avtonom  respublika 
sifatida  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  taklif  qabul  qilingan. 
Mazkur  taklif  asosida  VTSIK  Prezidiumi  Qoraqalpog‘iston 
avtonom viloyatini Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasiga 
aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Qoraqalpog‘iston  avtonom  viloyati  Qoraqalpog‘iston 
ASSR  bo‘lib  mustahkamlangandan  keyin  uning  birinchi 
Konstitutsiyasi  ishlab  chiqildi.  1932-yilgi  Asosiy  qonun  6 
bo‘lim, 7 bob va 100 moddadan iborat edi. Unda QQASSR oliy 
organlari bilan Sobiq Ittifoq va RSFSR oliy organlari o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari mustahkamlangan. 
QQASSRning  1932-yilgi  Konstitutsiyasida  davlat  hokimiyati 
va boshqaruv organlarining ish faoliyati prinsiplari va uning 
huquqiy maqomi ilk bor belgilandi.
1936-yilgi  Sobiq  Ittifoq  Konstitutsiyasiga  muvofiq 
Qoraqalpog‘iston  ASSR  RSFSR  tarkibidan  chiqarilib, 
O‘zbekiston  Respublikasi  tarkibiga  kiritildi.  Bunga  asosiy 
sabab qilib quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Birinchidan,  ushbu  masala  1924-yilda  o‘tkazilgan  milliy 
davlat  chegaralanishi  vaqtida  ham  ko‘rilgan  bo‘lib,  unda 
O‘zbekiston  SSR  hukumati  Qoraqalpog‘iston  viloyatini  o‘z 
tarkibida qoldirish to‘g‘risida taklif kiritgan edi.
Ikkinchidan, 
O‘zbekistonda 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining  asosiy  qishloq  xo‘jalik  mahsuloti 
paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha katta industrial baza bo‘lib, 
Qoraqalpoqlar Rossiyaga qo‘shib olingan. Bu yerda Amudaryo 
bo‘limi  tuzilgan,  Turkiston  general  gubernatorligining 
Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritilgan. So‘l qirg‘oqda yashovchi 
Qoraqalpoqlar Xiva xonligi tasarrufida qolgan. O‘rta Osiyoda 
sho‘rolar hokimiyati o‘rnatilgach, so‘l qirg‘oq va o‘ng qirg‘oq 
qoraqalpoqlari Qoraqalpog‘iston Avtonom oblastini tuzgan.
1918-1921-yillarda  Turkiston  avtonom  respublikasining, 
1920-yilda  Xorazm  va  Buxoro  Xalq  Respublikalarining 
tashkil topishi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida muhim davr bo‘lib 
hisoblanadi.
1920-yil 28-aprelda O‘rta Osiyo KP Markaziy qo‘mitasida 
Muvaqqat  Komissiya  tuzilib,  uning  tarkibidagi  kichik 
komissiyalar o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz, tojik, qoraqalpoq 
xalqlarining davlatchilik tuzumi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha 
ish  olib  bordi.  1924-yil  10-mayda  ushbu  komissiya  O‘rta 
Osiyoda  milliy  davlat  chegaralanishini  o‘tkazish  zarurligi 
to‘g‘risida qaror qabul qildi. Jumladan, qoraqalpoq tumanlarini 
Xorazmdan ajratib chiqarish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Milliy  davlat  chegaralanishi  natijasida  Qoraqalpog‘iston 
avtonom viloyati tarkibiga quyidagi hududlar kiritildi:
Birinchidan, avvalgi Amudaryo viloyati hududlari;
Ikkinchidan,  Xorazm  Sovet  Sotsialistik  Respublikasining 
Xo‘jayli  va  Qo‘ng‘irot  tumanlari.  Hududiy  jihatdan  viloyat  4 
okrugga bo‘lingan: To‘rtko‘l, CHimboy, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot.
Qoraqalpoq  avtonom  viloyatining  tuzilishi  bilan 
qoraqalpoq xalqi markazlashgan hokimiyatga ega bo‘lgan o‘z 
davlatchiligini  tuzdi.  Shu  jihatdan  olganda,  avtonom  viloyat 
shakli  qoraqalpoq  xalqi  milliy  davlatchiligi  rivojlanishining 
keyingi ko‘rinishi hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  1924-yil  14-oktabrda 
Turkiston  ASSR  tarkibida  Muxtor  viloyat  sifatida  tashkil 
etilgan.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling