I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
190 191 shu etnik negizda Orol bo‘yi ilk o‘rta asr xalqlari-bijanaqlar va o‘g‘izlarning shakllanish jarayoni kechgan, ularning muhitida VIII-X asrlarda qoraqalpoqlarning ham shakllanishi boshlangan. X asr boshida bijanaklarning bir qismi G‘arbga, Janubiy rus cho‘llariga kyetgan; Kiev Rusi hududiga kelib joylashgan qabilalar rus yilnomalarida “chyornye klobuki” (“qora qalpoqlar”) deb nom olgan. Volga-Ural oralig‘ida qolgan bijanaklarning sharqiy qismi Irtish havzasidan kelgan qipchoqlar bilan asta-sekin aralashib kyetgan , ularning tilini qabul qilgan . Manbalarda qipchoq urug‘-qabila ittifoqida “Qoraqalpoq” atamasiga mos keluvchi “qora bo‘rkli” etnonimi uchraydi. Mo‘g‘ullar istilosi davrida Rashididdin asarida “qavmi kulahi siyah” nomi bilan qayd etilgan. Chingizxon bosqini oqibatida Qoraqalpoqlar G‘arbga - Volga bo‘ylariga, Sariqamish va Amudaryoning quyi oqimi bo‘ylariga ko‘chishga majbur bo‘lganlar. Qoraqalpoqlar yarim o‘troq hayot kechirib, sug‘orma dehqonchilikni chorvachilik (ayniqsa, qoramol) va baliq ovlash bilan qo‘shib olib borganlar. Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi XVI-XVIII-asrlar o‘rtalarida Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimi bo‘ylari (Turkiston, Jankent, CHirikrabot) hamda bir qismi Orol mintaqasida (Qo‘ng‘irot, Shohtemir sh.) yashashgan. Biroq yoyiq va Emba daryolari bo‘ylarida ham Qoraqalpoqlar istiqomat qilganliklari haqida ma’lumotlar bor. 1743-yil qozoq xoni Abulxayrxon Qoraqalpoqlarga hujum qilgan, natijada Sirdaryolik Qoraqalpoqlarning asosiy qismi XVIII asrning 2-yarmida Sirdaryodan uning g‘arbiy irmog‘i - Janadaryoga ko‘chgan XVIII asr oxirida Xiva xonlari Qoraqalpoqlarni tobe etishga faol harakat qilishgan va oqibatda 1811-yil ular bo‘ysundirilib, Qoraqalpoqlarning asosiy qismi Amudaryo havzasiga ko‘chirilgan. 1873-yil Chor Rossiyasi istilosi natijasida o‘ng qirg‘oq Amudaryodagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqag‘pog‘iston Respublikasida esa - Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Mavjud aholi punktlari hisobining Yuritilishini hamda yangi paydo bo‘lganlari ro‘yxatdan o‘tkazilishini tegishli ravishda Jo‘qorg‘i Kenges, viloyat hokimliklari ta’minlaydilar. Demak, ma’muriy-hududiy birliklar - bu qonun asosida tuzilgan, ma’lum nomga, tegishli davlat-huquqiy maqomga ega bo‘lgan va boshqa ma’muriy-hududiy birliklar bilan munosabatda bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi hududining tarkibiy qismlaridir. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklariga viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar kiradi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling