I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
202
203
suverenitetini O‘zbekiston tan olganligini anglatadi. Shu bilan 
birga,  ushbu  qoida  xalqaro  huquq  normalariga  ham  mos 
keladi. Xususan, 1966-yil 16-dekabrdagi “Fuqarolik va siyosiy 
huquqlar haqidagi xalqaro pakt”da barcha xalqlar o‘z taqdirini 
o‘zi belgilash huquqiga egadirlar, deb belgilangan.
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasida 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  O‘zbekiston  tarkibi-
dan  chiqish  huquqini  amalga  oshirish  mexanizmi 
mustahkamlangan bo‘lib, bunda jamiyat va davlat hayotining 
eng muhim masalalarini fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz 
berishi  (umumxalq  referendumi)  bilan  hal  etilishi  lozimligi 
to‘g‘risidagi demokratik talab o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  75-modda-
siga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
o‘zaro 
munosabatlari 
O‘zbekiston 
Respublikasi  va  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  o‘rtasida 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  doirasida  tuzilgan 
shartnomalar  hamda  bitimlar  bilan  tartibga  solinadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  va  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 
o‘rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida 
hal etiladi.
Ushbu  moddada  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining 
O‘zbekiston  Respublikasi  tarkibidagi  huquqiy  maqomi  ikki 
tomon o‘rtasidagi munosabatlarda davlat suverenitetini o‘zaro 
hurmat  qilish  va  tan  olish  zamirida,  qonunlar  ustuvorligiga 
tayanib  va  unga  rioya  etib  ish  yuritish  asosida  amalga 
oshirilishi huquqiy jihatdan mustaqkamlangan.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarni 
shartnomalar va bitimlar ko‘rinishida huquqiy mustahkamlab 
qo‘yish,  o‘z  navbatida,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining, 
boshqa ma’muriy-hududiy birliklardan farqli o‘laroq, alohida 
suveren respublika maqomiga ega ekanligini anglatadi.
ma’muriy-hududiy  tuzilishi  masalalarini  mustaqil  hal  qilish, 
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimini belgilashi 
bilan  bog‘liq  norma  o‘z  ifodasini  topgan.  SHuningdek, 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  hududi  va  chegaralari 
daxlsiz  ekanligi  hamda  uning  o‘zgartirilishi  va  bo‘linishi 
mumkin emasligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
XVI  bobi  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  ma’muriy-
hududiy  tuzilishi  masalalariga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  uning 
67-moddasida  “Tumanlar,  shaharlar  tashkil  qilish  va  ularni 
tugatish,  shuningdek,  ularning  chegaralari  ni  o‘zgartirish 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi  tomonidan 
amalga oshiriladi” deb belgilab qo‘yilgan. Agar O‘zbekiston va 
Qoraqalpog‘iston  hududlarini  ajratib  turadigan  chegaralarni 
o‘zgartirish zaruriyati tug‘ilsa, bunda O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining roziligini olish lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  74-modda-
siga  muvofiq,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  O‘zbekiston 
Respublikasi  tarkibidan  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 
xalqining  umumiy  referendumi  asosida  ajralib  chiqish 
huquqiga ega.
Mazkur  tamoyil  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Kons-
titutsiyasining  1  va  9-moddalarida  hamda  referendumga 
oid  O‘zbekiston  Respublikasi  va  Qoraqalpog‘iston  Res-
publikasining qonun hujjatlarida rivojiantirilgan.
Referendum  o‘tkazish  haqidagi  qarorni  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining  Jo‘qorg‘i  Kengesi  qabul  qiladi,  ovoz  berish 
sanasini  ham  uning  o‘zi  belgilaydi.  Referendumda  qabul 
qilingan  qaror  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  hududida  oliy 
yuridik kuchga ega va faqat referendum yo‘li bilan o‘zgartirilishi 
yoki bekor qilinishi mumkin. Mazkur konstitutsiyaviy norma 
Qoraqalpog‘iston  xalqining  o‘z  taqdirini  o‘zi  hal  qilish 
huquqini,  shuningdek,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling