I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
200 201 olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi, 15-modda). O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 72-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida (Qoraqalpog‘iston esa uning tarkibiy qismidir) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur moddadagi normalar shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71 -moddasi qoidalari bilan hamohangdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 73-modda- siga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi. Davlat hokimiyatining ta’siri ma’lum hududga va tegishlicha ushbu hududda yashovchi aholiga joriy qilinishi har qanday davlatning muhim belgisidir. Davlatning o‘z hududida Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi suverenitet belgilaridan biri hisoblanadi. Qoraqalpog‘istonning o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal etishi bilan bog‘liq suveren huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z muhokamasida fuqarolar, turli jamoat birlashmalari hamda davlat tashkilotlari faol qatnashdilar. Jamoatchilik tomonidan kelib tushgan taklif va tavsiyalar asosida Konstitutsiya loyihasi yanada takomillashtirilib, u 1993-yili 7-aprelda o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida chop etiladigan bosma matbuot nashrlarida ikkinchi marotaba umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 9-aprelda bo‘lib o‘tgan ХII chaqiriq 12-sessiyasida deputatlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiya loyihasining har bir moddasi birma-bir chuqur muhokama qilinib, qabul qilindi. Amaldagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob va 120 moddadan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, ya’ni 9-aprelni umumxalq bayrami - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi davlat tuzilishining asosiy prinsiplari, davlat hokimiyatining tizimi va davlat, jamiyat, shaxs munosabatlarining huquqiy asoslarini belgilab berdi. Mazkur Konstitutsiya o‘zida jahon konstitutsiyaviy tajribasini, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va tartibga solishning ilg‘or amaliyotini, jamiyatning demokratik asoslarini mujassamlashtirdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy tamoyil belgilab qo‘yildi. Ushbu tamoyil Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyalari va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling