I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
198 199 o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuziladigan shartnoma hamda bitimlar bilan tartibga solinishi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etilishi; ettinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari - Bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga ega ekanligi; sakkizinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zbek tili bilan bir qatorda qoraqalpoq tilining davlat tili sifatida e’tirof etilganligi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasiga muvofiq, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas”. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992-yil 8-dekabrda mustaqil davlatning Konstitutsiyasini qabul qildi. Ana shunday muhim ijtimoiy, siyosiy va buyuk tarixiy voqeadan so‘ng Qoraqalpog‘istonda ham tamomila yangi mazmun va mohiyatga ega bo‘lgan hamda u o‘zbekiston tarkibida suveran respublika sifatidagi maqomini beigilab berishga qaratilgan yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha tuzilgan komissiyaning 1993 yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida Asosiy Qonunning loyihasi ko‘rib chiqildi va uning qarori bilan loyiha Oliy Kengashning Prezidiumi muhokamasiga havola etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Prezidiumi Asosiy Qonun loyihasini ko‘rib chiqib, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi to‘g‘risida” Qaror qabul qildi. Konstitutsiya loyihasi 1993-yil 7-martda respublika gazetalarida chop etildi. Konstitutsiya loyihasining umumxalq to‘rtinchidan, tashqi xalqaro munosabatlarning (xususan, siyosiy munosabatlar) markaziy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining Qoraqalpog‘iston Respublikasini o‘z tarkibiga olgan unitar davlat sifatidagi mohiyatini e’tirof etish bilan birga, mamlakatimiz davlat tuzilishida federalizmning ba’zi bir xususiyatlari ham mavjud ekanligini ta’kidlash joiz. Mazkur xususiyatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, boshqa ma’muriy-hududiy birliklardan farqli o‘laroq, O‘zbekiston tarkibida Qoraqalpog‘istonning suveren respublika sifatidagi maqomini mustahkamlab qo‘yilganligi; ikkinchidan, O‘zbekiston qonunchiligi tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchilik tizimi, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining mavjudligi; uchinchidan, Qoraqalpog‘istonda oliy davlat vakillik va qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Jo‘qorg‘i Kenges, Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy ijro etuvchi boshqaruvchi organi Vazirlar Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud hokimiyatining faoliyat ko‘rsatishi; to‘rtinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emasligi hamda o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal etishi; beshinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega ekanligi; oltinchidan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling