I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
204
205
(qishloq,  ovul,  posyolka,  tuman,  shahar,  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Soveti) ikki pog‘onali vakillik organlari 
tizimi (tuman-shahar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
Kengesi)ni o‘rnatdi. SHuningdek, ba’zi shaharlarda (tumanga 
bo‘ysunuvchi  shaharlarda)  vakillik  organlari  tuzilishi 
nazarda  tutilmadi.  Vakillik  organlarini  tashkil  etish  va 
ularning faoliyatida fuqarolarining keng ishtiroki, qonuniylik, 
millatlarining tengligi, kollegiallik, oshkoralik ko‘pchilik e’tirof 
etgan umumiy prinsiplarga tayanilgan.
Hokimiyat 
vakolatlarining 
taqsimlash 
prinsipi 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida 
mustahkamlab  qo‘yilgan.  Ushbu  prinstsip  mamlakatning 
muayyan  tarixiy  shart-sharoitlarini  hisobga  olgan  holda 
oqilona joriy etilsagina, hokimiyat organlarining tengligini va 
muvozanatini ta’minlash mumkin bo‘ladi. SHuningdek, ushbu 
tamoyil  “Mahalliy  davlat  hokimiyati  to‘g‘risida”gi  Qonunda 
ham o‘z ifodasini topgan.
Hokimiyatning taqsimlanish prinsipi faqat turli hokimiyat 
organlari  vakolatlarining  aniq  bo‘linishigina  emas,  hatto 
bir  turdagi  hokimiyat  organlarining  turli  pog‘onalari 
vakolatlarining  ham  aniq  chegaralanishini  maqsad  qilib 
qo‘yadi.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
68-moddasiga  muvofiq,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 
Jo‘qorg‘i  Kengesi  -  Oliy  davlat  vakillik  organi  bo‘lib,  qonun 
chiqaruvchi  hokimiyatni  amalga  oshiradi.  Jo‘qorg‘i  Kenges 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  qonunlarini  qabul  qiluvchi, 
unga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega bo‘lgan yagona davlat 
organidir.
Jo‘qorg‘i Kenges tub mohiyati bilan parlament organidir. U 
vakillik tavsifiga ega. Bu avvalo uning tashkil topishida va bunda 
Qoraqalpog‘iston  fuqarolarining  bevosita  ishtirok  etishida 
yaqqol  ko‘rinadi.  U  o‘zida  vakillik  va  bevosita  demokratiya 
Ta’kidlash joizki, har qanday huquq sub’ektlarining o‘zaro 
munosabatlarida  muayyan  masalalar  yuzasidan  nizolar 
kelib  chiqishi  mumkin.  Bunday  holatlarda  yuzaga  keladigan 
nizolar  murosaga  keltiruvchi  vositalar  yordamida,  ya’ni 
nizoli  masalaning  mohiyatini  jiddiy  va  chuqur  o‘rganish 
hamda  buning  natijasida  har  ikkala  tomonning  manfaatini 
e’tiborga olgan holda murosali qarorga kelinadi. O‘zbekiston 
bilan  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  o‘rtasidagi  o‘zaro 
munosabatlarni tashkiliy jihatdan mustahkamlash maqsadida 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vаzirlar  Kengashining 
Doimiy  Vakolatxonasi  faoliyat  yuritadi.  Ushbu  vakolatxona 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashining 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  bilan, 
shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  vazirliklari,  davlat 
qo‘mitalari,  idoralari  va  boshqa  tashkilotlari  bilan  xo‘jalik 
hamda  madaniy  qurilish  masalalari  bo‘yicha  kundalik 
aloqalarini amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling