I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
206
207
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi  ishining 
tashkiliy shakli uning sessiyasi hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi ishi faoliyatining bu shakliga oid 
masalalar  “Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi 
to‘g‘risida”gi  Qonunida  mustahkamlangan.  Shuningdek, 
Qoraqapog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
72-moddasida Jo‘qorg‘i Kenges yig‘ilishi, jami deputatlaming 
kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina vakolatli 
hisoblanishi haqidagi qoida mavjud. Konstitutsiyada Jo‘qorg‘i 
Kenges yig‘ilishlarida kimlar ishtirok eta olishi (73-modda), 
birinchi  yig‘ilishning  qachon,  kim  tomonidan  chaqirilishi 
(74-modda),  yig‘ilishga  kim  raislik  qilishi  (81-modda) 
masalalari belgilab qo‘yilgan.
Jo‘qorg‘i  Kengesning  faoliyati  faqatgina  deputatlarning 
umumiy  yig‘ilishi,  yalpi  majlisidan  iborat  bo‘lmay,  u  o‘z 
ichiga  boshqa  bir  qator  tadbirlarni  ham  oladi.  Jo‘qorg‘i 
Kenges  sessiyalari  bir  yilda  kamida  ikki  marta  chaqiriladi. 
Uning saylovdan keyingi birinchi sessiyasini Markaziy saylov 
komissiyasi chaqiradi, qolgan sessiyalar Jo‘qorg‘i Kenges Raisi 
tomonidan chaqiriladi. Sessiyada jami deputatlarining uchdan 
ikki qismi ishtirok yetgan da vakolatli hisoblanadi (7-modda).
Konstitutsiyani  qabul  qilish,  unga  o‘zgartirish  va 
qo‘shimchalar  kiritish,  qonun  va  qarorlar  qabul  qilish  faqat 
Jo‘qorg‘i  Kenges  majlislarda  amalga  oshiriladi.  Jo‘qorgi 
Kengesning navbatdan tashqari sessiyasi Jo‘qorg‘i Kenges Raisi 
tashabbusi bilan yoki Jo‘qorgi Kenges deputatlarining kamida 
uchdan bir qismi taklifi bilan chaqiriladi (8-modda). Jo‘qorg‘i 
Kengesning ishini tashkil qilish va uning faoliyatiga yordam 
berish  uchun  turli  lavozimlar  va  organlar  tuzish  nazarda 
tutilgan. Bu organlami rahbar va yordamchi organlarga bo‘lish 
mumkin.
xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Uning tarkibida ish olib 
boruvchi deputatlar fuqarolarning vakilidir, ular o‘z vakolatini 
saylovchilardan oladi, ular nomidan ish olib boradi.
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  Jo‘qorg‘i 
Kenges orqali xalq hokimiyatchiligi mustahkamlab qo‘yilgan. 
Respublika  parlamenti  -  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi deb ataladi. Jo‘qorg‘i Kenges respublikadagi 
butun  davlat  apparatining  yagona  va  doimiy  asosi  bo‘lib,  u 
davlatni  boshqa  organlarini  saylaydi  yoki  tuzishda  ishtirok 
etadi, ular faoliyati ustidan nazorat olib boradi.
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi  davlat 
hokimiyatining oliy organi sifatida Qoraqalpog‘iston ixtiyoriga 
berilgan barcha masalalarni hal etish huquqiga ega. Jo‘qorg‘i 
Kenges  vakolat  doirasiga  respublika  Konstitutsiyasini 
qabul  qilish,  unga  o‘zgartishlar,  qo‘shimchalar  kiritish; 
qonunlar  qabul  qilish,  unga  qo‘shimchalar,  o‘zgartishlar 
kiritish;  ma’muriy-hududiy  tuzilish  masalalarini  qonun  yo‘li 
bilan  tartibga  solish;  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishning 
davlat  strategik  dasturlarini  qabul  qilish;  davlat  hokimiyati 
organlariga  saylovlarni  tashkil  etish;  davlat  mukofotlarini 
belgilash  va  Konstitutsiyada  nazarda  tutilgan  boshqa 
vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
Jo‘qorg‘i  Kengesning  faoliyati  masalalarini  jamoa  bo‘lib, 
erkin, amaliy muhokama qilish va hal etish, oshkoralik, uning 
tomonidan  tuzilgan  davlat  organlarini  hisob  berib  turishi, 
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarning keng 
ko‘lamda  faol  qatnashishi,  jamoatchilik  fikrini  hisobga  olib 
borish asosida amalga oshiradi.
Jo‘qorg‘i  Kengesning  huquqiy  maqomi  respublika 
Konstitutsiyasi,  Jo‘qorg‘i  Kengesning  ish  tartibi  to‘g‘risidagi 
qonun,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi 
to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling