I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
208 209 Jo‘qorg‘i Kenges yig‘ilishida qo‘mita va komissiya raislari Jo‘qorgi Kenges Raisi taqdimiga asosan saylangach, ularning tavsiyasi bilan a’zolari saylanadi. Har bir qo‘mita va komissiya raisi o‘rinbosarlari va kotiblari Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan tayinlanadi. Ko‘mita va komissiyalarining faoliyati Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan muvofiqlashtirilib turiladi. Qo‘mita va komissiyalar o‘z faoliyatini majlislar orqali olib boradi va ko‘rilgan masalalar yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi. Jo‘qorg‘i Kengesning deputati faqat bir qo‘mitaning yoki komissiyaning a’zosi bo‘lib saylanishi mumkin. Ularning tarkibiga Jo‘qorg‘i Kengesning Raisi va uning o‘rinbosari saylanishi mumkin emas. Qo‘mita va komissiyaning barcha a’zolari teng vakolatlardan foydalanadilar. Qoraqalpogiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga asosan, Jo‘qorg‘i Kenges zarur bo‘lgan taqdirda doimiy hamda muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish va boshqa komissiyalarni tuzadi. Bu komissiyalar tegishli vazifasini bajarib bo‘lgach, o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Jo‘qorg‘i Kenges o‘z ish faoliyatini mustaqil belgilaydi. Ichki tarkibiy qismini, ya’ni faoliyatiga yordam beruvchi organlarni mustaqil tashkil etadi. Jo‘qorg‘i Kenges mustaqil vakolatlari asosida quyidagilarni hal qiladi: ish tartibi (reglamenti)ni qabul qilish; sessiyalarga to‘planish; Jo‘qorg‘i Kengesga saylovning to‘g‘ri o‘tkazilganligini tekshirish va o‘z organlarini tuzish. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasiga binoan Qoraqalpog‘iston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi ish olib borishi mumkin. Jo‘qorg‘i Kengesning Konstitutsiyada belgilangan vakolatlari mazmuni, tavsifi, maqsadi, nimaga qaratilganligiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin, bular: Rahbar organlarga Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, uning o‘rinbosari kirsa, Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mitalari va komissiyalari, Jo‘qorg‘i Kenges kotibiyati yordamchi organlar hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges ishiga rahbarlik qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlarining orasidan 5 yil muddatga, yashirin ovoz berish yo‘li bilan Jo‘qorg‘i Kenges Raisi va uning o‘rinbosari saylanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Qoraqalpogiston Respublikasining eng yuqori lavozimli mansabdor shaxsidir. Jo‘qorgi Kenges Raisi va uning o‘rinbosari faqat Jo‘qorg‘i Kenges oldida hisobot beradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mitalari va komissiyalari qonun loyihalarini tayyorlash, Jo‘qorgi Kengesda ko‘riladigan masalalarini dastlab muhokama qilish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Kengesning boshqa hujjatlarini amalga oshirishga yordam berish, ularning ijrosini nazorat qilib turish uchun deputatlar tarkibidan tuziladi. Ushbu masala Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida aks ettirilgan. Qo‘mita va komissiyalarning faoliyati haqida 1998-yilda alohida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitalari va komissiyalari to‘g‘risida” (yangi tahrirda) Qonun qabul qilingan. Qo‘mita va komissiyalar Jo‘qorg‘i Kengesning vakolat muddatiga tuziladi. Jo‘qorg‘i Kenges deputati qoida bo‘yicha faqat bitta qo‘mita yoki komissiyaga a’zo bo‘ladi. Qo‘mita va komissiyalarning ro‘yxati va a’zolarining soni Qoraqalpogiston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi. Zarur hollarda Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mitalar va komissiyalar tuzishi, ilgari tuzilganlarini tugatishi yoki qayta tashkil qilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling