I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

7-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashining konstitutsiyaviy maqomi.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
respublikaning 
ijro 
hokimiyati 
organlari 
tizimini 
mustahkamlagan. Unga asosan ijro hokimiyati organlarining 
bir  necha  turi  mavjud  bo‘lib,  ular  shartli  ravishda  alohida 
guruhlarga bo‘lingan:
birinchidan, ijro hokimiyatining oliy (markaziy) va mahalliy 
(quyi)  organlari.  Respublika  miqyosida  ijro  hokimiyatini 
amalga  oshiruvchi  oliy  organ  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 
Vazirlar  Kengashidir.  Mahalliy  ijro  hokimiyati  organlari, 
tuman, shaharlar hokimliklari hisoblanadi;
ikkinchidan,  umumiy  vakolatli  ijro  organlariga  Vazirlar 
Kengashi,  hokimlar  kiradi.  Maxsus  vakolatli  organlar 
vazirliklar,  qo‘mitalar,  mahalliy  ijro  hokimiyati  bo‘lim  va 
boshqarmalaridir;
uchinchidan,  kollegiallik  asosida  va  yakkaboshchilik 
asosida ish YUrituvchi organlar. Birinchisiga Qorakalpog‘iston 
Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  ikkinchisiga  esa  hokimlar, 
vazirliklar,  qo‘mitalar,  mahalliy  ijro  hokimiyati  bo‘lim  va 
boshqarmalari rahbarlari kiradi;
qonunchilik sohasidagi vakolatlar;
Jo‘qorg‘i  Kengesni  va  o‘z  organlarini  tuzish  sohasidagi 
vakolatlar;
ma’muriy-hududiy  tuzilishni  belgilash  va  boshqa  davlat 
organlarini tuzish (tashkil qilish) sohasidagi vakolatlar;
Jo‘qorg‘i Kengesning nazorat vazifasi;
fuqarolar manfaati bilan bog‘liq vakolatlar.
Jo‘qorg‘i  Kengesning  asosiy  faoliyati  qonun  chiqarishdir. 
Jo‘qorg‘i Kengesning qonunchilik sohasidagi faoliyati deganda, 
uning  konstitutsiyaviy  qonunchilik  va  oddiy  qonunchilik 
faoliyatini  farqlash  kerak.  Konstitutsiya  va  konstitutsiyaviy 
qonunlar qabul qilish va ularga o‘zgartirshlar kiritish uchun 
alohida,  oddiy  qonun  qabul  qilish  va  unga  o‘zgartirish 
kiritishga alohida tartib belgilangan.
Jo‘qorg‘i  Kengesga  qonunchilik  tashabbusi  huquqiga, 
Konstitutsiyaning  75-moddasiga  muvofiq  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Jo‘qorg‘i 
Kengesining 
deputatlari, 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Kengashi, 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy  nazorat 
qo‘mitasi,  Fuqarolik,  jinоyat,  mа’muriy  vа  iqtisоdiy  ishlari 
bo‘yicha sudlаri, Respublika Prokurori egadir.
Jo‘qorg‘i  Kengesda  qarab  chiqilishi  lozim  bo‘lgan  qonun 
loyihalari  yoki  qonun  chiqarish  haqidagi  takliflar  Jo‘qorg‘i 
Kenges Raisiga taqdim etiladi va u Jo‘qorg‘i Kenges kotibiyatida 
ro‘yxatga olinadi. Qonunlar yig‘ilishlarda bir necha o‘qish yo‘li 
bilan qabul qilinadi. Qonun loyihalari Jo‘qorg‘i Kenges qarori 
bilan  umumxalq  ovozi  (referendum)ga  ham  qo‘yilib,  qabul 
qilinishi mumkin.
Jo‘qorg‘i  Kengesniig  nazorat  faoliyati.  Amaldagi 
Konstitutsiyada  Jo‘qorg‘i  Kengesning  nazorat  qilish  faoliyati 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  belgilanmasada,  uning  ayrim  vakolatlari 
nazorat  qilish  funksiyasini  keltirib  chiqaradi.  Xususan, 
Jo‘qorg‘i  Kenges  qonunlar  va  boshqa  hujjatlarning  ijrosini 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling