I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
212 213 yo‘naltirib turadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi-hukumat boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. Vazirlar Kengashi Raisi Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti roziligi bilan qilingan taklifiga binoan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan bo‘shatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakolatlari, uning ish tartibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa davlat organlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining munosabatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. Vazirlar Kengashi tarkibiga: Vazirlar Kengashi Raisi, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda boshqa organlarning rahbarlari kiradi. Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi a’zolari Vazirlar Kengashi Raisining taklifiga binoan Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan keyinchalik Jo‘qorg‘i Kengesning tasdiqlashi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaning 87-moddasiga asosan Vazirlar Kengashini tuzish tayinlash va tasdiqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi, ya’ni Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarini, vazirlarni, qo‘mita raislarini va boshqalarni prezidium qarori bilan lavozimga tayinlaydi. So‘ng ular Jo‘qorg‘i Kengesda tasdiqlanadi. Vazirlar Kengashi - Qoraqalpog‘iston Respublikasining hukumati - iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlari, to‘rtinchidan, tayinlanadigan organlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, hokimlar, vazirlar, ko‘mitalar, mahalliy ijro hokimiyati bo‘lim va boshqarmalari boshliqlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huquqiy maqomining asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining XX bob 86-91-moddalarida hamda Vazirlar Kengashi to‘g‘risidagi qonunlarda mustah- kamlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Respublikaning Jo‘qorg‘i Kengesi oldida ma’suldir va unga hisobot berib turadi. O‘zbekiston bilan Qoraqalpog‘iston Respublikalari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni tashkiliy jihatdan mustahkamlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1999-yil 15-yanvardagi qaroriga binoan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy Vakolatxonasi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilindi. Ushbu Nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy Vakolatxonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari va boshqa tashkilotlari bilan xo‘jalik hamda madaniy aloqalarni amalga oshiruvchi organ hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling