I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
194
195
va Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar 
yuzaga kela boshladi. 
O‘zbekiston  o‘z  davlat  mustaqilligini  qo‘lga  kiritgach, 
Qoraqalpog‘iston  ASSR  mustaqil  O‘zbekiston  tarkibidagi 
suveren  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  maqomini  oldi.  Bu 
tabiiy  hodisa  edi.  Chunki,  asrlar  mobaynida  qoraqalpoq  va 
o‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror 
topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik 
vujudga kelgan. Orolbo‘yi kengliklarida o‘zbek va qoraqalpoq 
xalqlarining  ajdodlari  birgalikda  yashab  mehnat  qilgan  va 
o‘zlarining taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tganlar.
1990-yil  14-dekabrda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 
Oliy  Kengashining  VI  sessiyasida  “O‘zbekiston  Respublikasi 
tarkibida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  suvereniteti 
to‘g‘risida”  deklaratsiya  qabul  qilindi.  Har  ikki  respublika 
o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi 
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z 
aksini  topdi.  Qoraqalpoq  xalqi  o‘z  davlatchiligi  taraqqiyoti 
tarixida  ana  shunday  adolatli  demokratik  imtiyozlarga, 
suveren respublikaning davlat ramzlariga ega bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 
14-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘istonning 
Davlat bayrog‘i, 1993-yil 9-aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida 
Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga  muvofiq,  1994-yil  25-dekabrda  Oliy 
Kengash  o‘rniga  muqobillik  asosida  respublika  parlamenti 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashkil etildi.
Bugungi  kunda  respublikaning  ma’muriy  -  hududiy 
tuzilmasi  15  ta  tuman  va  2  ta  shahardan  iborat.  Bular 
Amudaryo,  Beruniy,  Bo‘zatov,  Qorao‘zak,  Kegeyli,  Qo‘ng‘irot, 
Qonliko‘l,  Mo‘ynoq,  Nukus,  Taxtako‘pir,  To‘rtko‘l,  Xo‘jayli, 
CHimboy,  SHumanay,  Ellikqal’a  tumanlari  va  Nukus  hamda 
Taxiatosh  shaharlaridir.  Mazkur  hududlarda  qoraqalpoqlar 
bu  holat  paxtachilik  sanoatini  bir  markazdan  boshqarishni 
engillashtirar edi.
Uchinchidan, orollik o‘zbeklar qadim zamonlardan buyon 
Amudaryoning  ikki  sohilida  yashovchi  qoraqalpoqlar  bilan 
siyosiy-iqtisodiy,  madaniy-ma’rifiy  sohalarda  o‘zaro  yaqin 
munosabatlarda bo‘lib kelganlar.
To‘rtko‘l shahrida 1936-yil 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan faollar 
yig‘ilishida  QQASSRning  O‘zbekistonga  qo‘shilishini  butun 
xalq  bir  ovozdan  ma’qulladi.  1937-yil  20-martida  QQASSR 
Sovetlarining III maxsus qurultoyida yangi Konstitutsiya qabul 
qilindi. U 1937-yilning sentabrida O‘zbekiston SSR Markaziy 
Ijroiya qo‘mitasining Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi.
1937-yildagi  Konstitutsiyaga  muvofiq,  qonun  chiqaruvchi 
organ  sifatida  QQASSR  Jo‘qorg‘i  Soveti  belgilandi.  Jo‘qorg‘i 
Sovet avtonom Respublikaning hukumatini-Xalq Komissarlari 
Sovetini tuzishga haqli bo‘ldi. Xalq Komissarlar Soveti Jo‘qorg‘i 
Sovet, sessiyalar davri oralig‘ida esa uning Prezidiumi oldida 
hisobot  bergan.  Shuningdek,  u  Xalq  Komissarlarining  ish 
faoliyatini boshqargan va nazorat qilgan.
Qoraqalpog‘iston ASSRning keyingi Konstitutsiyasi Jo‘qorg‘i 
Sovetning  1978-yili  29-mayda  bo‘lib  o‘tgan  navbatdan 
tashqari  IX  chaqiriq  8-sessiyasida  qabul  qilindi.  Asosiy 
qonunda  Qoraqalpog‘iston  davlat  hokimiyat  organlarining 
funksiyalari  biroz  kengaytirildi.  Ta’kidlash  joizki,  bundan 
oldingi Konstitutsiyalar singari 1978-yilgi Konstitutsiya ham 
o‘sha davrdagi ma’muriy buyruqbozlik va totalitar tuzumning 
yorqin timsoli bo‘ldi.
Markazdan  turib  bir  yoqlama  rejalashtirish  va  kam  sonli 
xalqlarga bo‘lgan e’tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog‘iston 
Sobiq Ittifoq tarkibidagi taraqqiyot darajasi eng past bo‘lgan 
o‘lkalardan  biriga  aylandi.  Ittifoq  hukumatining  aybi  bilan 
qiyinchiliklar  chuqurlashdi,  muammolar  ustiga  muammolar 
tug‘ildi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Yerlarning sho‘rlanishi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling