I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
186 187 Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida etti ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud shaharchalar, aholi punktlari kiritilishi mumkin. Shaharchalarni, aholi punktlarin. tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa - tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshirildi. Shaharchalar ham ma’muriy-hududiy birlik bo‘lib, uning turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stantsiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida joylashgan hamda kamida ikki ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. Aholi punktlarini shaharchalar turkumiga kiritish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Qishloqlar - ma’muriy-hududiy bo‘linishning quyii bo‘g‘inlaridan biridir. SHahar hududlariga kirmaydigan, ma’lum aholi soniga ega bo‘lgan qishloq markazlari va ma’lum sanoat ob’ektlari atrofida istiqomat qiluvchi aholining yashash joylari qishloqlar bo‘lishi mumkin. Ovullar esa qishloqlarga qaraganda kichikroq hajmdagi yashash va turar joylardan iborat aholi punktlaridir. Ovullarda ko‘p hollarda chorvador oilalar istiqomat qilib, ular asosan ko‘chib yuruvchi bir necha cho‘ponlar oilalaridan tashkil topadi. Tuman - O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy bo‘linishi pog‘onalari ichida o‘rta bo‘g‘in bo‘lib, qishloq joylaridagi iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy hayotga bevosita rahbarlik qiladi. O‘zbekiston ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, yangi tabiiy resurslarni o‘zlashtirish hamda aholi sonining o‘sishi bilan ma’muriy- hududiy bo‘linmalar chegarasidagi o‘zgarishlar, avvalo, qishloqdagi tuman bo‘g‘inlari hisobiga ro‘y beradi. Ma’muriy-hududiy bo‘linishning yana bir bo‘g‘ini bo‘lib - shaharlar hisoblanadi. Madaniy va ilmiy markaz bo‘lib hisoblangan shaharlar aholisining soni, iqtisodi va sanoatining rivojlanganligi, madaniy ilmiy va o‘quv maskanlarining mavjudligiga qarab farqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika, viloyat va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar tizimi mavjud. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi qonuniga binoan Respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasida), viloyat bo‘ysunuvdagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida o‘ttiz ming aholisii bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Shaharlarni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Shaharlarni respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish ularni qayta tuzish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling