I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
182 183 samarali tartibga solish imkoni bo‘lmagan tarzda amalga oshiriladi. Ajratilgan qismlar mexanik tarzda emas, balki biron bir maqsadni ko‘zlab va ma’lum bir prinsiplarga asoslangan holda bo‘linadi. Davlat tuzilishi va boshqaruvida markazdan quyi bo‘linmalarga tomon harakat yo‘nalishi, ya’ni: birinchisi - markaziy boshqaruv organlari vakolatlarining anchagina qismini mahalliy hokimiyatlarga; ikkinchisi - mahalliy boshqaruv organlaridan qator vakolatlarni fuqarolarning joylardagi jamoat birlashmalariga va o‘zini o‘zi boshqaruv organlariga berish kerakligi ta’kidlanmoqda. O‘kzbekiston Respublikasi hududining ma’lum ma’muriy bo‘laklarga bo‘linishi, davlatning asosiy vazifalarini amalga oshirishda zarur tadbir bo‘lib hisoblanadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ma’muriy- hududiy bo‘lakda o‘z vazifalarini shu davlat hududiy bo‘laklari orqali amalga oshiradilar. Ma’muriy-hududiy bo‘laklarga mos ravishda davlat apparatining tegishli bo‘g‘inlari ham takomillashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishini amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: birinchidan, iqtisodiy tamoyil - davlatning ma’muriy- hududiy tuzilishi shu davlatning iqtisodiy sohadagi vazifalarini samaradorlik bilan amalga oshirishni ta’minlashga qaratilishi lozim. Shuning uchun ham davlat apparatining mahalliy organlari uning iqtisodiy-xo‘jalik yuritish vazifasini muvaffaqiyatli ta’minlab beradigan darajada hududiy joylashtirilgan bo‘lishi kerak; ikkinchidan, siyosiy tamoyil - davlatning hududiy tuzilishini shu davlatning siyosiy maqsadlari, davlat hokimiyatini amalga oshirishga mos ravishda tashkil etishdan iborat. Bu tamoyil, birinchidan, har bir ma’muriy-hududiy bo‘linma davlatning, Afg‘oniston bilan chegaradosh. O‘zbekistan Respublikasi davlat tuzilishiga ko‘ra unitar davlat hisoblansa ham, unda federativ davlat tuzilishining ko‘rinishi ham namoyon bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekistan Respublikasi tarkibida Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasining kirishi Asosiy Qonunimizning 70-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishi-har bir davlatni hududiy tashkillashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibiy qismi bo‘lib, u davlat qurilishining umumiy masalalarini to‘laqonli amalga oshirish uchun tashkiliy jihatdan ajratilgan davlat hududining qismlaridir. Davlatni hududiy jihatdan tashkilashtirish o‘z maqsadi va vazifalariga ko‘ra nafaqat ma’muriy-hududiy, balki iqtisodiy- hududiy, harbiy-hududiy, siyosiy-hududiy va ekologik-hududiy shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishi davlat bilan uning tarkibiy qismlari o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni hamda ushbu qismlarning har birini huquqiy holatiga doir masalalarni qamrab oladi. SHuning uchun ham rivojlanishning qanday bosqichida turmasin yoki davlat tuzilishining qanday shakllaridan iborat bo‘lmasin har bir suveren davlatning yer kengliklarini ma’muriy-hududiy jihatdan ma’lum bir qismlarga ajratib olish juda katta siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hamda huquqiy ahamiyat kasb etadi. Har bir davlatning maydoni, aholisining soni, milliy-etnik tarkibi, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi kabi omillarga ko‘ra uning yer kengliklari ma’lum bir qismlarga ajratiladi. Bunday ma’muriy-hududiy qismlarga ajratish aksariyat hollarda davlatning markazdan turib ijtimoiy munosabatlarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling