I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
178 179 o‘zi boshqarish, qaysidir davlat tarkibida ichki masalalarni mustaqil hal qilish huquqi degan ma’noni bildiradi. Odatda, avtonomiyaning quyidagi uch tavsifi beriladi: personal, korporativ va hududiy. Personal avtonomiya tarqoq yashaydigan, til, madaniyat, turmush tarzi masalalari bilan shug‘ullanish uchun biror-bir millat, etnik guruh uyushmalarining (maslahat ovozi huquqida) markaziy hokimiyat organlaridagi vakilligi orqali siyosiy hayotda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar (misol uchun, Avstriya, Vengriya). Ko‘pchilik adabiyotlarda bunday avtonomiya “hududiy” emas, “milliy-madaniy” deb ataladi. Korporativ avtonomiya lingvistik hamjamiyatlar mavjudligi bilan bog‘lanadi. Bunday hamjamiyatlar uchun davlat apparatida joylar ajratiladi, uning hududida ishlaydigan boshqa etnik guruh vakillari esa, mahalliy aholi tili va turmush tarzini yaxshi bilishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, sud jarayoni, maktab ta’limi mahalliy tilda olib borilishi mumkin. Misol uchun, Hindistonda bunday avtonomiyaga ro‘yxatga olingan qabila va kastalar ega. Hududiy avtonomiya ommaviy hokimiyatning hududiy tashkil etilishini anglatadi. U etnik yoki boshqa xususiyatga ega bo‘lgan guruhlar kompakt joylashgan hollarda tuziladi. Ayrim xorijiy davlatlar amaliyotida yirik (yuqori) hududiy birliklar, ya’ni mintaqalar avtonomiyasi davlatning hududiy- siyosiy tashkil etilishi, quyi hududiy birliklar avtonomiyasi o‘z-o‘zini boshqarish sifatida belgilanmoqda. Masalan, unitar davlat bo‘lgan Ispaniyada avtonomiya rasman mintaqalarga berilganligi hududiy-siyosiy tashkil etishda mintaqaviy davlat shaklining ajratilishiga asos bo‘lmoqda. YAponiya va mintaqaviy deb e’tirof etilgan Italiyada avtonomiya barcha ma’muriy-hududiy birliklariga berilgan. Ma’lumki, har qanday davlat muayyan hududda joylashgan bo‘ladi. Uning fuqarolari ham xuddi shu hududda istiqomat Federatsiyalarga tarixan shakllangan milliy, madaniy, diniy va boshqa xususiyatlarga ega avtonom sub’ektlardan tashkil etilganligi tufayli - “davlat-milliy tuzilishi”, unitar davlatlarga markazlashgan davlat sifatida “ma’muriy-hududiy tuzilish” tushunchalari qo‘llaniladi. Xorijiy davlatlarda “davlatning tashkil etilishi”, “davlatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi”, “davlat tuzilishi” yoki “ommaviy hokimiyatning hududiy tashkil etilishi” va boshqa tushunchalar ham ishlatiladi. Bugungi kunda davlatlarni keng avtonomiyaga ega federativ, va markazlashgan boshqaruvga asoslangan unitar davlatlarga ajratish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Vaholanki, unitar davlatlardagi nomarkazlashtirish (O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Fransiya va boshq.), avtonomiyalar (Angliyada milliy asosda shakllangan SHotlandiya va Uels, Ispaniya va boshq.) yoki, aksincha, markazlashgan federatsiyalarning (Flindiston, Pokiston) mavjudligi davlatning hududiy-siyosiy tashkil etish mezonlari qayta ko‘rib chiqish zaruratini ko‘rsatadi. Hududiy-siyosiy tashkil etishda davlatning barcha hududlari emas, balki uning eng yirik hududi bo‘lgan mintaqalar va markaz o‘rtasidagi hokimiyat munosabatlarining tartibga solinishi ham e’tirozlidir. CHunki har bir hudud aholining uyushish shakli bo‘lib, uning manfaatlarini ifoda etadi. SHu tufayli, o‘zini o‘zi boshqarishni kengaytirish unitar va federativ davlatlar uchun bir xilda dolzarb masala hisoblanadi. Boshqaruvni optimallashtirish jarayonlari barcha hududlarga o‘z ehtiyojlarini qondirishga doir masalalarni hal qilish vakolatlarini berish, ularni amalga oshirishda mustaqiligini ta’minlash, ya’ni ularga avtonomiya berishni taqozo qiladi. Avtonomiya rasman Finlyandiyada Alland orollariga, Ukrainada Qrimga, Nikaraguada hindular istiqomat qiladigan ikki okrugga, Ispaniya mintaqalariga, shuningdek, Yaponiyada barcha ma’muriy-hududiy birliklariga berilgan. Avtonomiya- yunoncha autonomia, ya’ni autos-o‘zi va nomos-qonun, o‘zini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling