I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
172 173 obro‘siga putur etkazadigan axborot tarqatish muayyan yuridik oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu normalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolarning sha’ni va qadr qimmatini muhofaza qiluvchi, ularni huquqiy vositalar bilan himoya qilishni kafolatlovchi boshqa moddalariga, milliy qonunchilikning normalariga to‘la mosdir. Misol uchun, Fuqarolik kodeksining 100-moddasiga binoan fuqaro o‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur etkazuvchi ma’lumotlar yuzasidan, basharti bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli. Shu kabi norma “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra, yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e’lon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda o‘zining sha’ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlovchi ma’lumotlar uchun raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida fuqarolarning huquq va erkinliklariga, xususan sha’ni va qadrqimmatiga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar - tuhmat (40-modda) va haqorat qilish (41-modda) uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Shu kabi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida (VI bob) ham nazarda tutilgan. OAVning qonunda belgilangan o‘z vazifalariga mas’uliyatli munosabat nafaqat huquqiy vositalar, balki jurnalistlar hamjamiyati tomonidan qabul qilingan axloq qoidalari bilan ham ta’minlanadi. 2006-yil 23-martda Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab- OAVning jamoat nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok etishi qo‘shimcha kafolatlarni, pirovard maqsadida “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan boshqa choralarni mustahkamlashga qaratilgan tuzatishlar kiritildi. Ommaviy axborot vositalari axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Ta’kidlash joizki, OAVning axborotga nisbatan mas’uliyatli munosabatiga mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi, xavfsizligi, demokratik o‘zgarishlar yo‘lidagi mustahkam rivoji bog‘liqdir. Bularning barchasi, o‘z navbatida, OAVga muayyan javobgarlik yuklaydi. CHunki OAVning erkinligi – bu nafaqat huquq, balki ayni vaqtda muayyan javobgarlik hamdir. “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida belgilanganidek, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jumalist o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi shart. U o‘zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bodishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir (“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasi). Bundan tashqari, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida belgilanganidek, ommaviy axborot vositalari e’lon qilinayotgan axborotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘g‘riligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilganidek, OAVda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yoki fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling