I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
166
167
Ushbu qoidalari xalqaro huquq normalariga, xususan, Inson 
huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi,  Fuqarolik  va  siyosiy 
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda belgilangan qoidalariga 
to‘la mos keladi: “Har bir inson o‘z fikrini erkin bayon etish 
huquqiga  ega;  bu  huquq  davlat  chegaralaridan  qatfiy  nazar 
har qanday usulda turli axborot va g‘oyalarni qidirish, olish va 
tarqatish erkinligini qamrab oladi”.
K.Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakili 
Tomas Kuntse shu munosabat bilan ta’kidlaydiki, “O‘zbekiston 
o‘zining taraqqiyot yo‘lini belgiladi, o‘z oldiga kuchli fuqarolik 
jamiyati  qurish  maqsadini  qo‘ydi,  axborot  sohasini  isloh 
qilishga,  nodavlat  OAVni  rivojlantirishga  alohida  e’tibor 
qaratdi.  Bugun  shubhalanmasdan  ta’kidlash  mumkinki, 
boshqa  davlatlar  O‘zbekiston  bu  borada  to‘plagan  tajribani 
o‘zlashtirishi mumkin”.
Xalqaro  huquq  normalariga,  xususan,  Inson  huquqlari 
umumjahon  deklaratsiyasi,  Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar 
to‘g‘risidagi xalqaro paktda belgilangan qoidalariga to‘la mos 
keladi: “Har bir inson o‘z fikrini erkin bayon etish huquqiga 
ega; bu huquq davlat chegaralaridan qat’iy nazar har qanday 
usulda turli axborot va g‘oyalarni qidirish, olish va tarqatish 
erkinligini qamrab oladi”.
АQSHning  36-Prеzidеnti  Lindоn  Jоnsоn  tоmоnidаn 
1966-yildа imzоlаngаn “Ахbоrоt erkinligi to‘g‘risidа”gi Fеdеrаl 
Qоnun  (Аkt)  (Freedom  of  Information  Act)  fuqаrоlаrning 
dаvlаt  оrgаnlаridаn  ахbоrоt  оlish  huquqini  tа’minlоvchi 
huquqiy  аsоs  hisоblаnаdi
32
.  АQSHning  “Ахbоrоt  erkinligi 
to‘g‘risidа”gi  Qоnunigа  аsоsаn  hаr  bir  оrgаn  “АQSH  Fеdеrаl 
rееstri”dа chоp etishi (e’lоn qilishi) mаjburiy mа’lumоtlаr аks 
32  Грэм  Дюма.  Сравнителный  анализ  Акта  (Закона)  США  «О  свободе 
информации»и российского Федералного закона от 9 февраля 2009 г. № 8-ФЗ 
«Об  обеспечении  доступак  информации  о  деятелности  государственных 
органов и органов местного самоуправления». Феврал 2010 г. – С.2. 
belgilovchi  normalar  chiqarib  tashlandi.  Shuningdek, 
ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda “Ommaviy 
axborot  vositalari  to‘g‘risida”gi  qonunda  ko‘rsatilgan 
talablardan  tashqari  boshqa  talablar  qo‘yish  taqiqlanishi 
belgilandi.  Bundan  tashqari,  ommaviy  axborot  vositalarini 
qayta  ro‘yxatdan  o‘tkazish  tartibi  soddalashtirildi,  ularning 
ro‘yxatdan o‘tmaydigan doirasi kengaytirildi.
Ta’kidlash  lozimki,  OAV  faoliyatining  huquqiy  asoslarini 
tashkil  qiluvchi  normalar  huquqning  moliyaviy,  iqtisodiy, 
mehnatga  oid,  ma’muriy,  fuqarolik  munosabatlarini  tartibga 
soluvchi  turli  tarmoqlari  qonun  hujjatlarida  ham  o‘z  aksini 
topdi.  Bozor  islohotlarini  chuqurlashtirish  sharoitida  OAV 
faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy kafolatlash 
to‘g‘risida  qator  normativ-huquqiy  hujjatlar  qabul  qilindi. 
So‘nggi  yillarda  qabul  qilingan  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
OAVga  soliq  afzalliklari  va  turli  iqtisodiy  yordam  berilyapti. 
Ushbu  va  boshqa  qator  choralar  OAVning  bozor  sharoitida 
erkin mustaqil rivojlanishining muhim omiliga aylandi.
Parlamentimiz  tomonidan  2010-yilda  qabul  qilingan 
Mamlakatimizda 
demokratik 
islohotlarni 
yanada 
chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 
kontsepsiyasi  OAVning  huquqiy  demokratik  asoslarini izchil 
chuqurlashtirish ishida muhim bosqich bo‘ldi.
So‘z va axborot erkinligini ta’minlashni davlat siyosatining 
eng muhim ustuvor yo‘nalishlarida belgilagan ushbu dasturiy 
hujjatga  muvofiq  fuqarolik  jamiyati  institutlari  tizimida 
OAVning rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan qator muhim 
qonun hujjatlari qabul qilindi.
Xususan,  2014-yil  5-maydagi  “Davlat  hokimiyati  va 
boshqaruvi  organlari  faoliyatining  ochiqligi  to‘g‘risida”gi 
Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati 
to‘g‘risidagi axborotdan ommaviy axborot vositalarining teng 
va erkin foydalana olishi samarali huquqiy kafolatlar yaratildi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling