I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
158
159
Qayd etish joizki, ota-onaning bolani tarbiyalash va ta’minlash 
bo‘yicha majburiyatlari bevosita xalqaro huquqiy hujjatlar va 
Konstitutsiyaning 64-moddasidan kelib chiqadi. Shuningdek, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  65-moddasiga 
binoan, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-
onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan 
birga  yashash  huquqiga  ega,  bola  manfaatlariga  zid  bo‘lgan 
holatlar  bundan  mustasnodir.  Bola  o‘z  ota-onasi  tomonidan 
tarbiyalanishi,  o‘z  manfaatlari  ta’minlanishi,  har  taraflama 
kamol  topishi,  insoniy  qadr-qimmatlari  hurmat  qilinishi 
huquqiga ega. Bolaning tarbiyasini ko‘rish, ta’minot va ta’lim 
orqali amalga oshiriladi. Oila qonunchiligi bolaning ota-onasi 
va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqini ham nazarda 
tutadi.
Voyaga  yetgan  ,  mehnatga  layoqatli  farzandlar  o‘z  ota-
onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Voyaga yetgan lik amaldagi fuqarolik va oila qonunchiligiga 
ko‘ra shaxs 18 yoshga to‘lgach to‘liq hajmda vujudga keladi. 18 
yoshga to‘lgan, mehnatga layoqatli har bir fuqaro o‘z ota-onasi 
haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdir.
Ota-onalarga  g‘amxo‘rlik  qilish  o‘zbek  xalqining  eng 
qadimiy  insoniy  hislatlardan  biri  bo‘lib,  farzandlarning 
muqaddas burchidir. Farzandlarning o‘z ota-onalari to‘g‘risida 
g‘amxo‘rlik qilishi ularning ahloqiy majburiyati hisoblangan. 
Bu  majburiyatni  farzandlar  o‘z  xohishlari  bilan  bajarib 
kelganlar. O‘zbek xalqiga azaldan xos yuksak fazilatlar asrlar 
davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko‘tarilgan bunday 
munosabat,  mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
66-moddasidagi  asosiy  qoidalar,  Oila  kodeksining 
109-moddasida  o‘z  aksini  topgan  bo‘lib,  voyaga  yetgan 
mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onasiga ta’minot berishi, 
ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga majburdir.
“Bola  huquqlari  to‘g‘risida”gi  Konvensiyaning  1-moddasi 
hamda  O‘zbekiston  Respublikasining  “Bola  huquqlarining 
kafolatlari  to‘g‘risida”gi  qonuni  3-moddasiga  ko‘ra,  “bola 
(bolalar) deganda 18 yoshga to‘lgunga (voyaga etgunga) qadar 
bo‘lgan shaxs (shaxslar) tushuniladi”.
Odatda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish 
bolaning qonuniy vakillari - ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, 
vasiylar va homiylar zimmasiga yuklatiladi.
“Bola  huquqlari  to‘g‘risidagi”gi  BMT  Konvensiyasining 
(1989  y.)  18-moddasi  1-bandida  ko‘rsatilganidek,  bolaning 
manfaatlari  ota-ona  ko‘rsatadigan  asosiy  g‘amxo‘rlikning 
predmeti hisoblanadi. Ushbu g‘amxo‘rlik esa huquq normalari 
hamda  urf-odat,  an’analar  asosida  amalga  oshiriladi. 
Ishtirokchi davlatlar har bir bolaning jismoniy, aqliy, ma’naviy, 
axloqiy  va  ijtimoiy  kamol  topish  uchun  zarur  hisoblangan 
turmush  darajasiga  ega  bo‘lish  huquqini  e’tirof  etilishi 
konvensiyada  alohida  ko‘rsatib  o‘tilgan.  Ota-ona  yoki  bolani 
tarbiyalayotgan boshqa shaxslar o‘z qobiliyatlari va moliyaviy 
imkoniyatlari  doirasida  bolaning  rivojlanishi  uchun  zarur 
bo‘lgan turmush sharoitini ta’minlashga asosiy javobgardirlar 
(27-modda).
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  mazkur 
normalari asosida bir qator qonun va qonun osti hujjatlari qabul 
qilingan  bo‘lib,  ular  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik 
kodeksi,  Oila  kodeksi,  Mehnat  kodeksi,  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi, 
“Bola  huquqlarining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi,  “Vasiylik  va 
homiylik to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga 
etmaganlar  o‘rtasida  nazoratsizlik  va  huquqbuzarliklarning 
profilaktikasi  to‘g‘risida”gi,  “O‘zbekiston  Respublikasida 
yoshlarga  oid  davlat  siyosati  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Qonunlari  va  boshqa  qonun  va  qonun  osti 
hujjatlari shular jumlasidandir.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling