I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189


partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va 
boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  ommaviy 
axborot  vositalari  ta’sis  etish  va  boshqa  ommaviy  axborot 
vositalaridan foydalanish;
O‘zbekiston  Respublikasining  siyosiy  partiyalari  bilan 
ittifoq tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan 
shartnoma munosabatlari o‘rnatish.
3-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа oilaning 
muhоfazа qilinishi
Davlatimiz  o‘z  mustaqil  taraqqiyotining  ilk  kunlaridanoq 
bozor  munosabatlariga  o‘tish  bosqichida  oilalar  haqida 
g‘amxo‘rlik  qilish,  ularni  ijtimoiy  himoya  qilish  bosh 
tamoyillardan ekanini e’lon qildi va bu sohada keng qamrovli 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy tadbirlarni amalga 
oshirdi.
Oila  jamiyatning  asosiy  bo‘g‘ini  bo‘lib,  davlatimiz  va 
jamiyatimiz  rivoji,  avvalambor,  oilalarimizda  tinchlik-
osoyishtalikning  bardavom  bo‘lishi,  oiladagi  farovonlik  va 
uning  ishonchli  ijtimoiy  himoya  kafolatlari  tizimi  orqali 
ta’minlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Inson  shaxsini  shakilantirishda  oila,  shubhasiz,  dastlabki 
bosqich  vazifasini  o‘taydi,  ya’ni  oilada  odamlarning  bir-
biri  bilan,  jamiyat  va  davlatga  nisbatan  munosabatiga  asos 
solinadi.
O‘zbekiston  Respublikasida  oilaga  jamiyat  va  davlat 
g‘amxo‘rligi kun sayin oshib bormoqda. Jamiyatni rivojlantirish 
uchun barcha diqqat- e’tibor, eng avvalo, oilaga qaratilmog‘i 
lozim.  Har  bir  oila  a’zosining  jamiyatni  tushunishi,  hayot, 
mehnat,  qonun  va  huquqni  qay  darajada  anglashi  va  unga 
rioya qilishi jamiyat ravnaqini belgilovchi muhim omildir.
Siyosiy  partiyani  ro‘yxatdan  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  ariza 
u  tushgan  kundan  boshlab  bir  oy  muddat  ichida  ko‘rib 
chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalariga binoan siyosiy partiyani 
ro‘yxatga  olish  yoki  ro‘yxatga  olishni  rad  etish  to‘g‘risida 
qaror qabul qilinadi. Qaror qabul qilingach, uzog‘i bilan uch 
kun muddat ichida u siyosiy partiya rahbar organiga beriladi 
yoki  pochta  orqali  jo‘natiladi.  Siyosiy  partiya  ro‘yxatdan 
o‘tgan  kundan  e’tiboran  yuridik  shaxs  maqomini  oladi  va  u 
o‘z  faoliyatini  amalga  oshirishi  mumkin.  Siyosiy  partiyalar 
nizomlariga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar ularning 
nizomlarini  ro‘yxatga  olish  uchun  qonunchilikda  nazarda 
tutilgan  tartibda  va  muddatlarda  ro‘yxatdan  o‘tkazilishi 
lozim. Siyosiy partiya ro‘yxatga oiinganligi to‘g‘risidagi xabar 
ommaviy  axborot  vositalarida  e’lon  qilinadi,  agar  siyosiy 
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling