I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
156
157
topilgan  shaxslar  o‘rtasida  nikoh  tuzishga  yo‘l  qo‘yilmaydi 
(Oila kodeksining 16-moddasi)
31
.
Qonunga binoan nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkazish  bepul  bo‘lib,  shuningdek,  tibbiy  irsiy  hamda 
oilani  rejalashtirish  masalalari  bo‘yicha  maslahat  berish 
nikohlanuvchi  shaxslarning  roziligi  bilan  davlat  sog‘liqni 
saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Nikohlanuvchi  shaxsni  ko‘rikdan  o‘tkazish  natijalari 
shifokor  siri  hisoblanadi  va  u  nikohlanuvchi  shaxsga  faqat 
ko‘rikdan o‘tgan shaxsning roziligi bilan bildirilishi mumkin. 
Basharti nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki 
odam immuniteti taqchilligi virusi (OITS infeksiyasi)borligini 
boshqasidan yashirgan bo‘lsa, shu shaxs nikohni haqiqiy emas 
deb topishni talab qilib sudga murojaat qilishga haqlidir. Oila 
kodeksida belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan 
ushbu  nikohni  haqiqiy  emas  deb  topish  uchun  asos  bo‘lishi 
mumkin.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  davlatning 
bolalar haqidagi g‘amxo‘rligi alohida mustahkamlangan.
Ota-onalar  o‘z  farzandlarini  voyaga  etgunlariga  qadar 
boqish  va  tarbiyalashga  majburdirlar.  (O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi)
Davlat  va  jamiyat  etim  bolalarni  va  ota-onalarining 
vasiyligidan  mahrum  bo‘lgan  bolalarni  boqish,  tarbiyalash 
va  o‘qitishni  ta’minlaydi,  bolalarga  bag‘ishlangan  xayriya 
faoliyatlarini rag‘batlantiradi (Konstitutsiyaning 64-moddasi).
Bolalarning huquq va manfaatlari, ularning tarbiyasi, ta’lim 
olishi, ta’minoti har doim davlatimiz himoyasida va e’tiborida 
bo‘lib kelgan.
31  Ўзбекистон  Республикасининг  Оила  Кодекси  [Электрон  манба]  //  URL: 
http://lex.uz (мурожат қилинган вақт 23.02.2020).
Bunday  muddatni  belgilashdan  maqsad  bir-birlari 
bilan  yaxshi  tanish  bo‘lmagan  shaxslarning  engiltaklik 
qilib,  shoshmashosharlik  bilan  nikohdan  o‘tishlariga  yo‘l 
qo‘ymaslikdan iborat.
Nikoh davlat va jamoat manfaatlarini ko‘zlab, shuningdek, 
er bilan xotinning va bolalarning shaxsiy va mulkiy huquqlari 
hamda manfaatlarini muhofaza etish maqsadida qayd etiladi.
Nikohni uning ijtimoiy mohiyati va maqsadiga ko‘ra hamda 
oilani  mustahkamlash  ehtiyojini,  yosh  avlodning  ahloqi  va 
sihat-salomatligini  hisobga  olib,  bir  qator  shartlarga  rioya 
qilgan holda tuzish zarurligi belgilandi. Bu talablar nikohdan 
o‘tish  shartlari  deb  yuritiladi.  Ular  quyidagilardan  iborat: 
nikoh tuzish ixtiyoriydir; nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin 
o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak; 
nikoh  tuzishga  majbur  qilish  ta’qiqlanadi  (Oila  Kodeksining 
14-moddasi).
Navbatdagi  belgilangan  talab  nikoh  yoshiga  tegishlidir. 
Nikoh yoshi erkaklar uchun hаm ayollar uchun hаm o‘n sаkkiz 
yosh qilib belgilangan.
Qonunda  nikoh  tuzishga  monelik  qiladigan  quyidagi 
holatlar ko‘rsatilgan:
loaqal  bittasi  ro‘yxatga  olingan  boshqa  nikohda  turgan 
shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Respublikada 
har bir fuqaro faqat yakka nikohda bo‘lishi mumkin;
nasl-nasab 
shajarasi 
bo‘yicha 
to‘g‘ri 
tutashgan 
qarindoshlar  o‘rtasida,  tug‘ishgan  va  o‘gay  aka-ukalar  bilan 
opa-singillar  o‘rtasida,  shuningdek,  farzandlikka  oluvchilar 
bilan  farzandlikka  olinganlar  o‘rtasida  nikoh  tuzishga  yo‘l 
qo‘yilmaydi.
loaqal  bittasi  ruhiyat  buzilishi  (ruhiy  kasalligi  yoki  aqli 
zaifligi)  sababli  sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling