I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
154
155
30-aprelda  qabul  qilingan  bo‘lib,  8  bo‘lim,  30  bob,  238 
moddadan iborat.
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  Prezident 
farmonlari  va  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasining 
qarorlari  va  farmoyishlari,  vazirliklar  va  idoralarning 
me’yoriy  hujjatlari  unga  huquqiy  asos  qilib  olindi.  Chunki, 
ushbu  huquqiy  qoidalarda  xotin-qizlar  va  erkaklar  teng 
huquqliligi,  jamiyatning  asosiy  hujayrasi  hisoblangan  oilani 
mustahkamlash,  nikohning  barqaror  bo‘lishi,  otalik,  onalik 
va bolalikni muhofaza qilish, farzand tarbiyasida va moddiy 
ta’minotida ota-onaning huquq va majburiyatlari kabi muhim 
qoidalar o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
46,63,66-moddalarida,  shuningdek,  maxsus  qonunlarda, 
me’yoriy hujjatlarda oilaviy munosabatlar alohida o‘z aksini 
ifodalagan.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  63-moddasining 
ikkinchi  qismida  “Nikoh  tomonlarning  ixtiyoriy  roziligi 
va  teng  huquqliligiga  asoslanadi”  deyilgan.  Zero,  nikoh 
oila  poydevoridir.  Oila  kodeksining  II  bo‘limi  “Nikoh” 
(13-56-moddalar) masalasiga bag‘ishlangan.
Oila  kodeksining  13-moddasiga  binoan  nikoh  fuqarolik 
holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Ushbu 
organda  qayd  etilgan  nikohgina  huquq  va  majburiyatlarni 
keltirib  chiqaradi.  Nikohning  tegishli  davlat  organida  qayd 
etilishi  uning  vujudga  kelganligini  isbotlovchi  birdan-bir 
dalildir.
Diniy  rasm-rusumlarga  binoan  tuzilgan  nikoh  huquqiy 
ahamiyatga ega emas.
Nikohni  tuzish  nikohlanuvchilarning  fuqarolik  holati 
dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan 
keyin  bir  oy  muddat  o‘tgach,  shaxsan  ularning  ishtirokida 
amalga oshiriladi.
Davlatning oila to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligi katta hajmda uy-
joy qurilishi, bolalar muassasalarining keng shahobchalarini 
barpo etish va rivojlantirish, maishiy xizmat, bola tug‘ilganda 
nafaqa  to‘lash,  ko‘p  bolali  oilalarga  nafaqalar  va  imtiyozlar 
berish,  shuningdek,  oilaga  nafaqa  va  yordam  berishning 
boshqa turlarini rivojlantirish orqali namoyon bo‘lmoqda.
Oila 
huquqining 
asosiy 
manbayi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasidir. 
Konstitutsiyaning 
III  bo‘lim,  XIV  bobi  “Oila”  deb  nomlanib,  63-66-moddalar 
oilaviy-huquqiy  munosabatlarni  tartibga  solishga  qaratilgan 
qoidalardir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, asosiy qonunda oilaga maxsus 
bob ajratilgan. Bu bob “Jamiyat va shaxs” bo‘limida berilishi 
ham ayni muddao, chunki oila jamiyatning bir bo‘lagi, uning 
asosiy bo‘g‘inidir.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
63-moddasida ta’kidlangan quyidagi so‘zlar nihoyatda ramziy 
va  teran  ma’nodadir:  “Oila  jamiyatning  asosiy  bo‘g‘inidir 
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”.
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasini tashkil etadi. 
Jamiyat  katta-kichik  oilalardan  iborat.  Bu  oilalar  qanchalik 
mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik mustaham bo‘ladi. 
Biz qurayotgan fuqarolik ja- miyatida oila o‘ziga xos ijtimoiy 
birlashmani tashkil etadi. Oilaning bu xususiyati birinchi galda 
uning jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqligida hamda ijtimoiy 
vazifalarda ifodalangan.
Oila  huquqining  asosiy  tamoyillari  Konstitutsiyada  o‘z 
ifodasini  topgan.  Ular  jumlasiga  oilani  jamiyat  va  davlat 
muhofazasida bo‘lishi, oilada erkak va ayolni teng huquqliligi, 
nikohning ixtiyoriy va teng bo‘lishi, ota-onalar va bolalarning 
asosiy huquq va majburiyatlaridir.
Oila 
huquqining 
asosiy 
manbayi 
O‘zbekiston 
Respublikasining  Oila  kodeksidir.  Oila  kodeksi  1998-yil 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling