I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
170
171
aslida insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, 
milliy  davlatchilik  asoslari,  mamlakatimizda  qonuniylikni 
himoya qilishning siyosiy huquqiy mexanizmlarini yaratadi.
Yuqoridagi qoidalar demokratik tamoyillarga, rivojlangan 
mamlakatlarning konstitutsiyaviy tajribasiga to‘la muvofiqdir. 
Masalan, Germaniya Asosiy qonunining 5-moddasi matbuot, 
radio  va  televidenie  xabarlarining  erkinligini  kafolatlaydi, 
shuningdek, tsenzurani taqiqlaydi.
Italiyada  OAV  faohyati  Konstitutsiyaning  matbuot 
erkinligini kafolatlovchi 21-moddasiga asoslanadi.
Xorijiy 
mamlakatlaming 
konstitutsiyalari 
bizning 
Konstitutsiyamiz  singari  nafaqat  OAVning  erkinligini 
kafolatlaydi,  balki  ularning  zimmasiga  axborot  ishonchliligi 
uchun mas’uliyat yuklaydi. Masalan, Gretsiya Konstitutsiyasi 
jamiyat  ma’naviyatiga  tajovuz  qiladigan,  uyatsiz  tusdagi 
nashr  materiallari  mazmuni  uchun  javobgarlik  belgilaydi 
(14-modda). Shuningdek, OAV mamlakat va millatga tuhmat 
uyushtirish,  tarqatishga  haqli  emas,  agressiya  urushi,  milliy, 
irqiy,  sinfiy,  diniy  adovat,  kamsitish,  hududiy  separatizm 
qo‘zg‘atish,  ommaviy  zo‘ravonlik  targdb  qilish,  jamiyat 
hayotiga,  yaxshi  axloq-odob  qoidalariga  zid  uyatsiz  xatti 
harakatlar  taqiqlanadi  (Ruminiya  Konstitutsiyasining 
30-moddasi,  Italiya  Konstituiyasi  21-moddasi,  Gretsiya 
Konstitutsiyasi 14-moddasi).
Shunday  qilib,  O‘zbekiston  Respublikasini  yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va uning asosida 
tasdiqlangan  “Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari  yili” 
Davlat dasturi ommaviy axborot vositalarining hozirgi zamon 
rivojlanishi bosqichida muhim turtki bo‘ldi.
Davlat dasturida “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi 
va  “Jurnalistlik  faoliyatini  himoya  qilish  to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga OAVni davlat tomonidan 
qo‘llab  quvvatlash  aniq  mexanizmlarini,  shuningdek, 
10-moddasi  1-bandiga  muvofiq  har  kim  o‘z  fiknni  erkin 
bildirish  huquqiga  ega.  Bu  huquq  o‘z  fikriga  ega  bo‘lishdan 
va  rasmiy  hokimiyat  tomonidan  qandaydir  aralashuvsiz  va 
davlat  chegarasidan qatdy nazar axborot va g‘oyalarni olish 
va tarqatish erkinligidan iboratdir. Bundan tashqari, Matbuot 
erkinligi  xartiyasi  (London,  1987-yil)  birinchi  qismida 
aytilganidek,  “har  qanday  tsenzura,  bevosita  yoki  bilvosita, 
nomaqbuldir. SHu munosabat bilan ommaviy axborot vosital 
arming  ma’lumotlarni  erkin  to‘plash  va  tarqatish  huquqini 
cheklaydigan qonunlar va amaliyot bekor qilinishi, mahalliy 
va  markazy  hokimiyat  organlari  esa  e’lon  qilinayotgan  yoki 
uzatilayotgan  xabarlarning  mazmuniga  aralashmasliklari, 
shuningdek, 
axborot 
manbalaridan 
foydalanishni 
cheklamasliklari shart”.
Shu  bilan  birga  tsenzuraga  yo‘l  qo‘ymaslik  hamma  narsa 
mumkin,  degani  emas.  Qonunchilikda  ommaviy  axborot 
vositalaridan  foydalanishda  muayyan  cheklovlar  nazarda 
tutilgan bo‘lib, ular jamiyat va davlat xavfsizligini, shuningdek, 
inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan izohlanadi. 
Masalan,  ommaviy  axborot  vositalaridan  O‘zbekiston 
Respubhkasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy 
yaxlitligini  zo‘rhk  bilan  o‘zgartirishga  da’vat  qilish;  urush, 
zo‘ravonlik  va  terrorizmni,  shuningdek,  diniy  ekstremizm, 
separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish; davlat 
siri  bo‘lgan  ma’lumotlarni  yoki  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan 
boshqa sirni oshkor etish; milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat 
qo‘zg‘atuvchi  axborot  tarqatish;  giyohvandlik  vositalari 
psixotrop  moddalar  va  prekursorlarni  targ‘ib  qilish; 
pornografiyani targ‘ib etish; qonunga muvofiq jinoiy va o‘zga 
javobgarlikka  sabab  bo‘ladigan  boshqa  harakatlarni  sodir 
etish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (“Ommaviy 
axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi).
Shu  o‘rinda  ko‘rsatilgan  huquqiy  ko‘rsatmalar,  taqiqlar 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling