I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

4-§. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot 
vositalari faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari
Hоzirgi kundа ахbоrоt – jаmiyat hаyotini tаshkil etishning 
zаruriy  оmillаridаn  birigа  аylаnib  bоrmоqdа.  Tа’kidlаsh 


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
162
163
Asosiy  qonunning  29-moddasida  esa  har  kimga  so‘z  va 
fikrlash erkinliklari kafolatlangan. Konstitutsiyaning ushbu va 
boshqa o‘zaro bog‘langan moddalarining qoidalari ommaviy 
axborot vositalari institut izchil demokratik rivojlanishining 
asosi va rag‘bati bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’kidlash  joizki,  O‘zbekistonda  ommaviy  axborot 
vositalarining  erkin  va  samarali  faoliyat  ko‘rsatishi  uchun 
zarur  huquqiy  asoslar  va  kafolatlar,  keng  imkoniyatlar 
yaratilgan.
Mazkur sohada o‘ndan ziyod qonunlar, qariyb 30 qonunosti 
hujjatlari qabul qilingan. Masalan, Prezident Farmoni asosida 
1994-yildan  e’tiboran  har  yili  27-iyun  kuni  O‘zbekistonda 
Matbuot  va  ommaviy  axborot  vositalari  xodimlari  kuni 
nishonlanib  kelmoqda.  Bu  ommaviy  axborot  vositalarining 
davlat suvereniteti g‘oyalarini targ‘ib qilish, yangi demokratik 
jamiyat  qurish,  fuqarolarni  Vatanga  sadoqat  ruhida 
tarbiyalashdagi  roliga  davlat  tomonidan  katta  ahamiyat 
berilayotganini tasdiqlaydi.
Ommaviy axborot vositalari kelgusida mustaqil rivojlanishi 
uchun  shart-sharoitlar  yaratgan  O‘zbekiston  Respublikasi 
birinchi  Prezidentining  2011-yil  30-dekabrdagi  “Ommaviy 
axborot  vositalarini  yanada  rivojlantirish  uchun  qo‘shimcha 
soliq  imtiyozlari  va  afzalliklar  berish  to‘g‘risida”gi  qarori 
muhim dasturiy hujjatga aylandi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012-yil 
16-iyuldagi  “Statistik,  soliq,  moliyaviy  hisobotlarni, 
litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-
taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
farmoniga  muvofiq  ommaviy  axborot  vositalari,  poligrafiya 
korxonalari  va  nashriyotlarining  faoliyatini  tashkil  qilish 
uchun  ruxsat  va  litsenziya  olish  davlat  boji  stavkalari  ikki 
marotaba qisqartirildi.
Jаmiyat  hаyotidа  yuzаgа  kеlаdigаn  bаrchа  ijtimоiy 
munоsаbаtlаr аsоsаn ахbоrоt bilаn bоg‘liq hоldа kеchishini 
e’tibоrgа  оlsаk,  mаzkur  tеrminni  nаfаqаt  tехnik  nuqtаi 
nаzаrdаn,  bаlki  huquqiy  mаzmundа  hаm  tushunish  vа  uni 
tеgishli  qоnunchilikdа  to‘g‘ri  ifоdаlаsh  lоzimligining  guvоhi 
bo‘lаmiz.
Tа’kidlаsh  jоizki,  «ахbоrоt»  tushunchаsigа  jоriy 
qоnunchili gimizdа muаyyan dаrаjаdа tа’rif bеrilgаn. Хususаn, 
O‘zbеkistоn  Rеspublikаsining  «Ахbоrоt  erkinligi  prinsiplаri 
vа kаfоlаtlаri to‘g‘risidа»gi qоnunidа ko‘rsаtilishichа, «ахbоrоt 
bu  –  mаnbаlаri  vа  tаqdim  etilish  shаklidаn  qаt’i  nаzаr, 
shахslаr, prеdmеtlаr, fаktlаr, vоqеаlаr, hоdisаlаr vа jаrаyonlаr 
to‘g‘risidаgi mа’lumоtlаr»dir. 
Bugungi  zamonda  va  huquqni  qo‘llash  amaliyotida  OAV 
qonunchilik,  ijro  va  sud  hokimiyati  tarmoqlari  bilan  birga 
hokimiyatning to‘rtinchi tarmog‘i sifatida tasniflanishi muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, OAV huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati 
shakllanishida,  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining 
totuvligi  va  o‘zaro  tushunishini  mustahkamlashda  salmoqli 
o‘rin  egallaydi.  Ommaviy  axborot  vositalarining  jamiyatimiz 
huquqiy  madaniyatini  yuksaltirishdagi  va  fuqarolarda 
qonunga,  inson  huquqlari  va  erkinliklariga,  demokratik 
qadriyatlarga nisbatan hurmat hissini shakllantirishdagi o‘rni 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. .
Konstitutsiyamizning  67-moddasi  OAVning  maqomim 
konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan belgilab, OAVning erkinligi, 
ularning  qonunga  muvofiq  faoliyat  yuritishi;  axborotning 
to‘g‘riligi  uchun  javobgarlik;  tsenzuraga  yo‘l  qo‘yilmasligi 
uning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
SHuningdek, Konstitutsiyaning 12-moddasida “hech qaysi 
mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘matilishi mumkin emas”, 
deb belgilab qo‘yildi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling