I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
184 185 Viloyat - O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklar tizimida eng yuqori bo‘g‘in bo‘lib, alohida o‘rin tutadi. Viloyat o‘z tarkibiga boshqa ma’muriy-hududiy bo‘laklarning hammasini oladi va shu tariqa muhim tashkiliy vazifani bajaradi. Bu hududiy bo‘linma joylarni markaz bilan bog‘lab turadigan aloqachi tuzilmadir. Respublika miqyosidagi davlat organlari o‘z vazifalarini, joylardagi organlar bilan aloqalarini faqat viloyat va uning davlat boshqaruv organlari - viloyat hokimiyati orqali amalga oshiradilar. SHu bilan birga viloyat o‘z tarkibiga kiruvchi quyi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ularni umumdavlat va mahalliy manfaatlardan kelib chiqib birlashtiradi. Viloyat hududlari o‘z navbatida tumanlarga va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarga bo‘linadi. Har bir viloyatda tumanlarning soni turlicha bo‘ladi. Viloyat yirik ma’muriy-hududiy bo‘linma sifatida barqaror bo‘lishi lozim. Uning tuzilishi, mustahkamlanishi, yiriklashishi yoki bo‘linishi iqtisodiy jihatdan asoslantirilishi lozim. Mazkur ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotning barcha sohalarini kompleks rivojlanishiga olib kelishi lozim. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy- hududiy tuzilishida o‘n ikkita viloyat va Toshkent shahri mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahri. Poytaxt shahar o‘ziga munosib bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Unda davlat va jamoat tashkilotlarining markaziy idoralari, davlat boshlig‘ining qarorgohi, chet el diplomatik vakolatxonalari joylashadi, davlatning asosiy siyosiy va iqtisodiy tadbirlari amalga oshiriladi. hokimiyat organlari vazifalarini bajaruvchi mustaqil qismi deb tushunilishi; ikkinchidan, har bir hududiy qism o‘z vazifasini bajarishda Yuqori davlat hokimiyati organlariga bo‘ysunishi; uchinchidan, milliy-maishiy tamoyil - ma’muriy-hududiy bo‘linish jarayonida aholini milliy tarkibi, o‘ziga xos milliy- maishiy xususiyatlari e’tiborga olinadi. Mazkur tamoyilda o‘zbekistonning ma’muriy-hududiy bo‘lagidagi aholining milliy tarkibiga e’tibor beriladi, ularning milliy o‘zini o‘zi boshqarishlariga ma’lum darajada sharoit yaratib beriladi. Bunday tadbirlar milliy qadriyatlarimizning o‘ziga xos tomonlarini inobatga olishni, madaniy, tarixiy, diniy, estetik tomonlarga e’tibor berishni ta’minlaydi; to‘rtinchidan, davlat apparatini aholiga yaqinlashtirish tamoyili - ma’muriy-hududiy tuzilishda davlat ishlarini boshqarishda xalqning ishtirokini ta’minlash va davlat apparatini aholiga yaqinlashtirishdan iborat. Bunday tadbir davlat apparatini aholiga aloqador va qulay sharoitda xizmat qildiradi. Aholining ehtiyoji va talablarini bevosita davlat apparatiga yaqinlashtiradi. Ularga konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishda, davlat organlarini saylashda, o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzishda yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasining har bir ma’muriy-hududiy birligida davlatning mahalliy vakillik organi, hokimiyati yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasining hozirgi ma’muriy- hududiy bo‘linishi respublikaning ishlab chiqarish kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishini, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling