I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
180
181
nazorati ostida bo‘ladi. Markaziy hokimiyat mahalliy organlar 
ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab, 
markazlashgan  va  markazlashmagan  unitar  davlatlarga 
bo‘linadi.
Bundan  tashqari  ba’zi  unitar  davlatlarda  ma’muriy-
hududiy bo‘linmalarning ayrimlariga boshqalarga qaraganda 
imtiyozliroq huquqiy maqom berilishi mumkin. Bunday unitar 
davlat nisbiy ma’muriy mustaqil muxtoriyat (avtonomiya)ga 
ega  bo‘ladi.  Muxtoriyatlar  mustaqilligi  markaziy  hokimiyat 
belgilagan doiradagina bo‘ladi.
Unitar  davlatlar  hududida  boshqa  mustaqil  davlatlar 
bo‘lmaydi.  Unitar  davlatdagi  ma’muriy-hududiy  bo‘linmalar 
faqat mahalliy masalalarni hal qilish huquqiga ega, markaziy 
yagona davlat hokimiyati kuchi davlatning barcha hududiga 
o‘z  ta’sirini  ko‘rsatadi.  Unitar  davlatlarga  ko‘plab  misollar 
keltirish mumkin. Masalan, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, 
Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston unitar davlat hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda davlatlarning rivojlanishi “sof holda”gi unitar 
va  federativ  davlatlarning  kam  uchrashiga  olib  kelmoqda. 
Unitar  davlatlar  ayrim  huquqlarini  ma’muriy-hududiy 
bo‘linmalariga bermoqda, federativ shakldagi davlatlarda esa 
ularning markaziy organlari hokimiyatlarini butun federatsiya 
hududida mustahkamlashga harakat qilmoqdalar. Demak “sof 
holda”gi unitar va federativ davlat shakllari kam uchraydi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling