partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida yigirma ming
fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi. Siyosiy partiya
tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo‘lishi,
ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini
shakllantirish hamda ta’sis s’ezdi yoki konferentsiyasini
chaqirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tuzishlari lozim.
Tashkiliy qo‘mita o‘zi tuzilgan kundan boshlab etti kunlik
muddatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligiga o‘z tashabbusi, qo‘mitaning tarkibi, rahbari
(yetakchisi), joylashgan manzili hamda ta’sis s’ezdi yoki
konferentsiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar
qilishi lozim. Tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab uzog‘i
bilan uch oy faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadir. Siyosiy partiya
ta’sis s’ezdida yoki konferentsiyasida tuziladi. Ta’sis s’ezdi
yoki konferentsiyasi partiya ustavi va dasturini qabul qiladi,
uning saylab qo‘yiladigan organlarini tuzadi.
Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan ro‘yxatga olinadi.
30 Ўзбекистан Республикасининг «Сиёсий партиялар тўғрисида»ги Конуни.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 йил, №
2, 36-модда.
boshqarish rejimi (tartibi) ma’lum darajada demokratiya
alomatlariga ega bo‘lgan joylardagina tashkil topgan.
Faqat shunday sharoitlarda partiyalar qandaydir ijtimoiy
manfaatlarni ifoda eta olishgan. Partiyalar, qachonki ularni
turli ijtimoiy manfaatlarni tahlil qilish, bunday manfaatlarni
ta’riflash va himoya qilishga majbur qiluvchi boshqa
Do'stlaringiz bilan baham: |