I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Partiyalarning  vujudga  kelish  tarixiga  nazar  tashlaydigan


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189


Partiyalarning  vujudga  kelish  tarixiga  nazar  tashlaydigan 
bo‘lsak,  ularning  ko‘rinishi  qadimgi  davrlardayoq  mavjud 
bo‘lganligiga  guvoh  bo‘lamiz.  Masalan,  miloddan  avvalgi 
V  asrda  Afina  (Yunoniston)da  aristokratik  va  demokratik 
guruhlar (bular o‘ziga xos dastlabki partiyalar edi) o‘rtasida 
siyosiy kurash boshlangan edi. Siyosiy partiyalar o‘rta asrlarda 
ham  mavjud  bo‘lgan.  Shuni  nazarda  tutish  kerakki,  qadimgi 
davrda  ham,  o‘rta  asrlarda  ham  partiyalar  faqat  davlatni 
ustavi amaldagi qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak.
Agar jamoat birlashmasining ustavi qonun talablariga zid 
bo‘lsa,  yoxud  ilgari  xuddi  shu  nomdagi  jamoat  birlashmasi 
ro‘yxatga olingan bo‘lsa, jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga 
olishni rad etish mumkin.
Ustavni  ro‘yxatga  olish  rad  etilgan  taqdirda  bu  xaqda 
taqdim etilgan ustav qaysi qonunning qoidalariga zid ekanligi 
ko‘rsatilib, ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi.
Jamoat  birlashmasining  ustavini  ro‘yxatdan  o‘tkazining 
rad  etilishi  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  mumkin  va 
bu  ish  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolik-protsessual 
qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Xalqaro, 
Respublika 
va 
viloyatlararo 
jamoat 
birlashmalarining  ustavini  ro‘yxatdan  o‘tkazishning  rad 
etilishi ustidan - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, mahalliy 
jamoat  birlashmalari  ustavini  ro‘yxatdan  o‘tkazishning  rad 
etilishi ustidan esa - tegishli viloyat, Toshkent shahar sudiga 
shikoyat qilish mumkin.
Jamoat birlashmalari ramz sifatida o‘z timsoliga, bayrog‘iga 
va vimpeliga ega bo‘lishi mumkin.
Jamoat  birlashmalarining  timsollari  ustavga  muvofiq, 
ularning rahbar idoralari tomonidan tasdiqlanadi. Bayroqlar 
va vimpellar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi 
lozim.
O‘zbekistonda  jamoat  birlashmalarining  quyidagi  turlari 
mavjud:
-xalqaro jamoat birlashmalari;
-respublika jamoat birlashmalari;.
-mahalliy jamoat birlashmalari.
Agar  O‘zbekiston  Respublikasida  tuzilgan  jamoat 
birlashmasining  faoliyati,  o‘z  nizomiga  muvofiq  O‘zbekiston 
Respublikasi  hududida  va  bitta  yoki  undan  ortiq  xorijiy 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling