I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
144
145
ekologiya,  yoshlar,  madaniyat,  ta’lim,  ayollar,  qariyalar, 
jismoniy madaniyat va sport va h.k.) kelib chiqib manfaatlar 
mushtarakligi asosida birlashadilar.
Jamoat  birlashmalari  turli  mezonlaridan  kelib  chiqib 
quyidagicha tasniflanadi:
tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra — tashkilotlar, harakatlar, 
jamg‘armalar,  jamoat  muassasalari,  o‘zini  o‘zi  boshqarish 
organlari;
a’zolik xususiyatiga ko‘ra - qat’iy a’zolik va qat’iy bo‘lmagan 
a’zolik;
ustavda  belgilangan  faoliyat  yo‘nalishlari  sohasidan  kelib 
chiqib - hayriya, ekologiya, yoshlar, madaniyat, ta’lim, ayollar, 
qariyalar, jismoniy madaniyat va sport va h.k.;
jamoat  birlashmasi  faoliyatida  siyosiy  belgilarning  aks 
etgan ligiga ko‘ra - siyosiy; nosiyosiy tashkilotlar;
faoliyatining  hududiy  sohasiga  ko‘ra-umumrespublika, 
mintaqalararo, mintaqaviy, mahalliy va xalqaro;
a’zolarining soniga ko‘ra-ommaviy, individual a’zolik;
tashkilot  faoliyatini  tashkil  etish  tuzilishiga  ko‘ra  — 
markazlashgan va nomarkazlashgan;
ijtimoiy-huquqiy  maqomiga  ko‘ra  -  tegishli  organlarida 
ro‘yxatga  olingan,  ro‘yxatga  olinmagan,  noqonuniy  (davlat 
tomonidan taqiqlangan, yashirin, mahfiy).
Jamoat birlashmalari tizimiga quyidagilar kiradi:
siyosiy partiyalar;
ommaviy harakatlar;
kasaba uyushmalari;
xotin-qizlar jamiyatlari;
yoshlar va bolalar tashkilotlari;
veteranlar va nogironlar tashkilotlari;
ilmiy-texnikaviy;
madaniy-ma’rifiy;
jismoniy tarbiya-sport;
va  insonparvarlik  tarbiyasi;  respublikalararo  va  xalqaro 
aloqalarni kengaytirish, xalqlar o‘rtasida tinchlik va do‘stlikni 
mustahkamlash;  qonunda  taqiqlanmagan  boshqa  faoliyatni 
amalga oshirish maqsadida tuziladi”.
Faoliyati  jamiyatning  axloqiy  negizlarini,  umumbashariy 
insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek, 
konstitutsion tuzumni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan o‘zgartirish yoki 
O‘zbekiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, 
zo‘ravonlikni  va  shafqatsizlikni,  jamiyatni  parchalashga  olib 
boradigan  ijtimoiy,  shu  jumladan  sinfiy,  shuningdek,  irqiy, 
milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonun bilan taqiqlangan 
boshqa xatti-harakatlar qilish maqsadini ko‘zlaydigan jamoat 
birlashmalarining tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamoat  birlashmalari  o‘z  a’zolarining  ixtiyoriyligi,  teng 
huquqliligi,  o‘zini  o‘zi  boshqarish,  qonuniylik  va  oshkoralik 
asosida tuziladi va harakat qiladi.
Davlat o‘zining Konstitutsiya va boshqa qonunlarida jamoat 
birlashmalarining  qonuniy  huquq  va  manfaatlariga  shart-
sharoitlar yaratish uchun va asosiy vazifasini amalga oshirish 
uchun kafolatlar beradi.
Yoshlar va bolalar tashkilotlariga davlat moliyaviy va mol-
mulk  tomonidan  yordam  beradi,  soliq  siyosatida  imtiyozli 
munosabatlarni  amalga  oshirishni  ta’minlaydi.  Binolardan 
foydalanishda  imtiyozlar  va  boshqa  sharoitlar  yaratadi. 
Davlat organlarining, mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga 
aralashishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Albatta  tegishli  qonunlarda 
ko‘rsatilgan nazorat vazifalari bundan mustasnodir.
Jamoat  birlashmalari  faoliyat  maqsadlari  tasnifiga  ko‘ra 
turli  xil  bo‘lishi  mumkin.  Jamoat  birlashmalarining  har  biri 
o‘z  maqsadlariga  erishish  uchun  muayyan  vazifalarni  ilgari 
suradi  va  bu  orqali  fuqarolarning  o‘ziga  xos  manfaatlarini 
ifodalaydi.  Fuqarolar  jamoat  birlashmalarining  ustavlarida 
belgilangan  faoliyat  yo‘nalishlari  va  sohalaridan  (hayriya, 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling