I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
140
141
“O‘zbekiston  Respublikasida  mulkchilik  to‘g‘risida”gi, 
“Tabiatni  muhofaza  qilish  to‘g‘risida”gi  va  har  bir  tabiiy 
resurslar  to‘g‘risidagi  qonunlarda  yanada  rivojlantirilgan  va 
kengroq tartibga solingan.
Xususan, Fuqarolik kodeksida tabiiy resurslar Respublika 
mulki, Yer kodeksi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 
qonunda  -  davlat  mulki  (umummilliy  boylik),  “Tabiatni 
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza 
qilish  to‘g‘risida”gi,  “O‘simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va 
undan  foydalanish  to‘g‘risida”gi  (yangi  tahriri),  “Hayvonot 
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 
(yangi  tahriri)  qonunlarda  -  umummilliy  boylik,  “Yer  osti 
boyliklari  to‘g‘risida”gi  qonunda  (yangi  tahriri)  O‘zbekiston 
Respublikasining mulki sifatida talqin etiladi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  55-moddasida 
tabiiy 
resurslardan 
oqilona 
foydalanish 
talabi 
mustahkamlangan.  Tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish 
deganda, ulardan ilmiy asoslangan, har bir tabiat ob’ektining 
o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan, ekologik va iqtisodiy 
manfaatlar uyg‘unlashgan holda, tejamli, ularni qayta tiklash, 
holatini  yaxshilash  va  keskin  o‘zgartirmaslikni  ko‘zda 
tutadigan holda foydalanish tushuniladi.
Shuningdеk,  tabiiy  resurslarga  nisbatan  mulk  huquqi 
davlat  mulk  huquqi  ustuvoriigi  e’tirof  etilishi,  belgilangan 
tartibda qo‘lga kiritilgandan so‘ng xususiy mulkka aylanishi, 
davlat tasarruf etish huquqini davlat organlari faoliyati orqali 
amalga  oshirishi,  tabiiy  resursdan  maqsadli  foydalanish 
talabi  belgilanganligi,  hozirgi  va  kelajak  avlod  manfaatlarini 
ta’minlagan holda amalga oshirilishi kabi xususiyatlari bilan 
tavsiflanadi.
majburiyatlar  ham  yuklangan  bo‘lib,  ularga  ko‘ra  ekologik 
muhitga  zarar  etkazmaslik,  fuqarolar,  yuridik  shaxslar  va 
davlatning  huquqlarini  hamda  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini buzmaslik shart.
Ekologik  muhit  -  bu  insonni  o‘rab  turgan  tabiiy  kelib 
chiqishga ega bo‘lgan atrof tabiiy muhit. Ekologik muhitga zarar 
yetkazish hozirgi va kelajak avlod manfaatlariga daxl qilishi, 
salbiy ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik oqibatlarga sabab bo‘lishi va 
mamlakatning har tomonlama rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi 
tufayli konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilgan.
Mulk  huquqi  tabiiy  resurslar  kimga  tegishliligini  va 
mulkdorlarning  ularga  nisbatan  vakolatlarini  anglatadi. 
Tabiiy  resurslarga  nisbatan  mulk  huquqi  unga  egalik  qilish, 
foydalanish  hamda  tasarruf  etish  jarayonlarida  namoyon 
bo‘ladi.
Asosiy  qonunimizda  tabiiy  resurslar  umummilliy  boylik 
sifatida e’tirof etilgan. Tabiiy resurslar - yer, suv, o‘rmon, yer 
osti  boyliklari  va  shu  kabilar  mol-mulk  ob’ektlari  tizimida 
alohida o‘rin egallaydi. Birinchidan, ular ko‘p hollarda inson 
mehnatining mahsuli emas, foydalanib bo‘lgandan keyin qayta 
tiklanmaslik xususiyatiga ega yoxud qayta tiklash uzoq davom 
etadigan  jarayon  hisoblanadi.  Ikkinchidan,  tabiiy  resurslar 
jonli va jonsiz tabiatning tarkibiy qismi, inson yashash muhiti 
bilan uzviy bog‘liq. Binobarin, tabiiy resurslardan har qanday 
foydalanish va unga ta’sir qilish bevosita boshqa shaxslarga 
va  jamiyatga  muayyan  darajada  ta’sir  etmasdan  iloji  yo‘q. 
Uchinchidan,  tabiiy  resurslardan  foydalanmasdan  turib  har 
qanday  ishlab  chiqarish  jarayonini  tashkil  etib  bo‘lmaydi. 
Iqtisodiy  tizimda  tabiiy  resurslar  ishlab  chiqarish  vositasi 
sifatida namoyon bo‘ladi.
Tabiiy  resurslarni  umummilliy  boylik  sifatida  e’tirof 
etuvchi  Konstitutsiyamizning  55-moddasi  O‘zbekiston 
Respublikasining  Fuqarolik  kodeksida,  Yer  kodeksida, 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling