I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
136
137
mulkiy komplekslar, o‘quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari 
va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular 
byudjet yoki davlatning o‘zga mablag‘lari hisobidan yaratilgan 
yoki sotib olingan bo‘lsa, boshqa mol-mulk bo‘lishi mumkin.
Respublika  mulki  Respublika  byudjetiga  tushadigan 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan, shuningdek, 
qonunlarda  nazarda  tutilgan  asoslarga  ko‘ra  boshqa 
tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Respublika mulki bo‘lgan 
mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati 
yoki ular maxsus vakil qilgan organlar tasarruf qilish huquqiga 
egadir.
Munitsipal  mulk  esa  -  davlat  hokimiyati  mahalliy 
organlarining  mol-mulki,  mahalliy  byudjet  mablag‘lari, 
munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jalik, korxonalar va 
boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni 
saqlash  muassasalari,  shuningdek,  boshqa  mol-mulklardan 
iborat bo‘ladi. Ushbu mulk turi mahalliy byudjetga tushadigan 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan, shuningdek, 
qonun hujjatlarida nazarda tutiigan asoslarga muvofiq boshqa 
tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Munitsipal mulk bo‘lgan 
mol-mulkni  davlat  hokimiyati  mahalliy  organlari  yoki  ular 
vakil qilgan organlar tasarruf etadilar. Shuningdek, munitsipal 
mulk  bo‘lgan  mol-mulk  yuridik  shaxslarga  xo‘jalik  yuritish 
yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo‘yilishi 
mumkin hamda munitsipal mulk ob’ektlari qonun hujjatlarida 
belgilangan  tartibda  va  shartlar  asosida  xususiy  mulk  qilib 
berilishi mumkin.
Davlat  jamiyatimiz  iqtisodiy  negizini  tashkil  etishda 
mulk  shakllarini  erkin  sharoitini  va  mulkdorlar  huquqlarini 
ta’minlash  maqsadidda  bozor  munosabatlarining  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini belgilab berdi. Bu xususiyatlar quyidagilarda 
o‘z ifodasini topdi:
atom  energetikasi  ob’ektlarini  (uskunalari,  tizimlari  va 
apparatlarini o‘rnatish) va strategik ahamiyatdagi ob’ektlarni 
qurish  va  montaj  qilish  ishlarini  olib  borish,  ulardan 
foydalanish  hamda  ularni  ta’mirlashni  amalga  oshiruvchi 
ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar;
portlash  xavfi  bo‘lgan  va  zaharli  moddalarni  tashishni 
amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lari;
sanitariya-epidemiologiya 
stantsiyalari. 
Sud-tibbiy 
ekspertizasi byurolari. Atrof-muhit holatini  nazorat  qiluvchi 
hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar;
davolash-ishlab  chiqarish  ustaxonalari,  jazoni  ijro  etish 
muassasalarining korxonalari;
maxsus  vazifalarni  bajaradigan  korxonalar  (Respublika 
maxsus aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit 
moslik markazi);
qabristonlar
28
.
Davlat 
tasarrufidan 
chiqarilmaydigan 
va 
xususiylashtirilmaydigan  davlat  mulki  ob’ektlari  jumlasiga 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qaroriga  muvofiq 
boshqa ob’ektlar ham kiritilishi mumkin.
Ommaviy mulk esa Respublika mulki va ma’muriy-hududiy 
tuzilmalar  mulkidan  (munitsipal  mulk)  iborat.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Fuqarolik  kodeksi  214-moddasiga  asosan, 
Respublika mulki - yer, yerosti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, 
o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, 
davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  Respublika  organlarining 
mol-mulki,  davlat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  moddiy  madaniy 
meros  ob’ektlari,  Respublika  byudjetining  mablag‘lari, 
oltin  zaxirasi,  davlatning  valyuta  fondi  va  boshqa  fondlari 
Respublika  mulkidir,  shuningdek,  korxonalar  va  boshqa 
28  Ўзбeкистoн  Рeспубликaсининг  “Дaвлaт  тaсaрруфидaн  чиқaриш  вa 
xусусийлaштириш тўғрисидa”ги қoнуни [Электрон манба] // URL: http://lex.
uz (мурожат қилинган вақт 23.01.2020).



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling