I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
130
131
rivojlantirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etib  kelmoqda. 
Mamlakatimizda 
fuqarolarning 
Konstitutsiya 
bilan 
kafolatlangan  iqtisodiy  huquqlarini,  avvalambor,  mulk 
huquqini kafolatlash bilan bog‘liq islohotlar samarasi o‘laroq, 
iqtisodiy o‘sish sur’atlari muntazam oshib bormoqda.
Hech  bir  davlat  yoki  jamiyatni  iqtisodiy  munosabatlarsiz 
tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  Jamiyatning  iqtisodiy  negizlari  esa 
turli ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirib, tartibga solib, 
o‘zgartirib,  takomillashtirib  boradi.  Demak,  insoniyatning 
hayoti  va  faoliyati  hamda  jamiyat  taraqqiyotida  iqtisodiy 
negizlar eng asosiy zaruratdir.
O‘zbekiston 
iqtisodiyoti 
bozor 
munosabatlarini 
rivojlantirishga  qaratilgan.  Bozor  iqtisodiyoti  tovar-pul 
munosabatlariga  asoslangan,  turli  mulkchilikka  hamda 
iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib 
turuvchi  demokratik  iqtisodiyot.  Dunyo  tajribasida  bozor 
iqtisodiyotining  quyidagi  uch  modeli  farqlanadi:  aralash 
iqtisodiyot (AQSh, Angliya, Fransiya), ijtimoiy bozor xo‘jaligi 
(Germaniya, Shvetsiya), korporativ iqtisodiyot (Yaponiya).
O‘zbekistonda  shakllangan  bozor  iqtisodiyoti  mazmunan 
ijtimoiy  bozor  xo‘jaligi  modeliga  (bozordagi  faoliyat 
tartib-qoidalarini  qonunlar  belgilaydi,  iqtisodiyot  bozor 
mexanizmiga bo‘ysunadi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi 
minimal darajada saqlanib qоlinadi, iqtisodiyot erkinlashgan 
bo‘ladi,  xususiy  sektor  qo‘llab-quvvatlanadi)  yaqin  bo‘lsada, 
bir qator o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston  iqtisodiyoti  negizini  xilma-xil  shakllardagi 
mulk  tashkil  etadi.  Shunday  ekan,  jamiyatimizning  iqtisodiy 
negizlari  hayotimizning  asosiy  hodisalaridan  hisoblanib, 
mavjud mulkchilik munosabatlariga asoslanadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va 
xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday 
Konstitutsiyaning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki, 
u xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini 
aks ettiradi. Konstitutsiyadagi prinsip va boshlang‘ich asoslar 
demokratik  huquqiy  davlat  talablariga  to‘la  mos  kelib,  ular 
o‘zbek  milliy  davlatchiligining  tarixiy  rivojlanish  tajribasiga 
tayanadi.
Konstitutsiya davlatning qiyofasi, uning ijtimoiy, iqtisodiy 
va  siyosiy  tizimining  demokratik  tabiati,  umuminsoniy 
qadriyatlarga  sodiqligi,  fuqarolarining  huquq  va  erkinliklari 
qay darajada yuridik jihatdan himoyalanganligini aks ettiruvchi 
ko‘zgudir.  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  ham 
iqtisodiy hayotning eng muhim jihatlari, jumladan, jamiyatning 
iqtisodiy negizining huquqiy asoslari tartibga solingan bo‘lib, 
ushbu  huquqiy  normalar  mamlakatimiz  taraqqiyotida  va 
iqtisodiy  hayotida  olib  borilayotgan  islohotlarni  amalga 
oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.
“Xalqimizning  faravon  hayot  kechirishi  uchun  munosib 
sharoit  yaratish  -  Konstitutsiyamizning  bosh  maqsadidir. 
Konstitutsiyamizda  iqtisodiy  faoliyat,  tadbirkorlik  erkinligi, 
barcha mulk shakllarining tengligi va davlat tomonidan birdek 
muhofaza etilishi kafolatlangan”.
Konstitutsiyamizda  iqtisodiy  sohada  taraqqiy  etgan 
mamlakatlarning asosiy qonunlarida mustahkamlangan mulk 
shakllarining  xilma-xilligi,  mulk  huquqi  kafolatlari,  mulk 
huquqini amalga oshirish talablari, xususiy mulk daxlsizligi, 
mulk  huquqining  davlat  tomonidan  himoya  qilinishi,  tabiiy 
resurslardan jamiyat manfaatlarini ko‘zlab oqilona foydalanish 
lozimligi  kabi  qoidalar  sifatida  davlatning  ijtimoiy  xarakteri 
o‘z ifodasini topgan.
Ushbu  konstitutsiyaviy  qoidalar  bozor  iqtisodiyoti 
sharoitida  tadbirkorlik  erkinligi  va  xususiy  mulkdorlar 
qatlamini shakllantirishda va shu orqali fuqarolik jamiyatini 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling