I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
138
139
Iste’molchilarning  ijtimoiy  himoyaga  muhtojlar  toifasiga 
kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonun hujjatlari bilan savdo, 
maishiy  xizmat  va  xizmat  ko‘rsatishning  boshqa  turlari 
bo‘yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.
Mulk  huquqi  ikki  ma’nodagi:  ob’ektiv  va  sub’ektiv 
ma’nodagi mulk huquqiga bo‘linadi. Ob’ektiv ma’nodagi mulk 
huquqi deganda, tabiat ashyolarini ijtimoiy o‘zlashtirishning 
mavjud  zaxiralarini,  usullarini  belgilash,  tartibga  solish  va 
mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko‘zlab belgilangan 
tadbirlarni  ifodalovchi  huquq  normalari  yig‘indisi  nazarda 
tutiladi.  CHunonchi,  mulk  to‘g‘risidagi  umumiy  qoidalar 
ob’ektiv  huquq  normalari  hisoblanadi.  Ob’ektiv  ma’nodagi 
mulk  huquqi  mutlaq  huquqiy  normalar  asosida  tartibga 
solinadi. Bunga misol sifatida mulk huquqini tartibga soluvchi 
qonun hujjatlarini keltirish mumkin.
Sub’ektiv  ma’nodagi  mulk  huquqi  deb,  ayrim  shaxslar, 
ya’ni  huquq  sub’ektlarining  (davlat,  yuridik  shaxslar  va 
fuqarolarning)  ob’ektiv  huquq  normalari  asosida  kelib 
chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf 
qilish huquqlariga aytiladi. Sub’ektiv ma’nodagi mulk huquqi 
nisbiy-huquqiy normalar asosida tartibga solinadi. Sub’ektiv 
ma’nodagi  mulk  huquqi  mulk  sohibining  o‘ziga  mulk  yoki 
ashyoviy  huquq  asosida  tegishli  bo‘lgan  mol-mulklarni 
qonunda  taqiqlanmagan  asoslarda,  vakolat  doirasida, 
o‘zga  shaxslarning  manfaatlariga  putur  etkazmagan  holda 
egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish maqsadida 
turli  bitimlar  tuzishida  namoyon  bo‘ladi.  Masalan,  turli 
shartnomalar  tuzish,  o‘z  mulkini  meros  qilib  qoldirish  va 
boshqa  bitimlar  orqali  mulkka  bo‘lgan  huquqni  vujudga 
keltirish,  o‘zgartirish  yoki  bekor  qilish  sub’ektiv  ma’nodagi 
mulk huquqining mazmunini bildiradi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  54-moddasida 
mulkdan foydalanish jarayonida mulkdorga nisbatan bir qator 
birinchidan, iqtisodiy faoliyat erkinligi;
ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyati erkinligi;
uchinchidan, mehnat qilish erkinligi;
to‘rtinchidan, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi;
beshinchidan,  mulk  shakllarining  huquqiy  jihatdan  bab-
baravar muhofaza etilishi.
O‘zbekiston  Respublikasining  1996-yil  26-apreldagi 
“Iste’molchilarning  huquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risida”gi 
qonuni  1-moddasiga  muvofiq,  iste’molchi  deganda,  foyda 
chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol 
yoki  boshqa  maqsadlarda  tovar  sotib  oluvchi,  ish,  xizmatga 
buyurtma  beruvchi  yoxud  shu  niyatda  bo‘lgan  fuqaro,  ya’ni 
jismoniy shaxs tushuniladi
29
.
Ushbu Qonurming 4-moddasida “Iste’molchilarning asosiy 
huquqlari”  belgilangan  bo‘lib,  unga  ko‘ra  iste’molchilar 
quyidagi huquqlarga ega:
tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek,, ishlab chiqaruvchi 
(ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish;
tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada 
sifatli bo‘lishi;
tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi;
hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan 
tovar  (ish,  xizmat),  shuningdek,  ishlab  chiqaruvchi  (ijrochi, 
sotuvchining  g‘ayriqonuniy  harakati  (harakatsizligi)  tufayli 
yetkazilgan  moddiy  ziyon,  ma’naviy  zararning  to‘liq  hajmda 
qoplanishi;
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan 
manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli 
davlat organlariga murojaat etish;
iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
29 Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг “Истeъмoлчилaрнинг ҳуқуқлaрини ҳимoя 
қилиш тўғрисидa”ги қoнуни [Электрон манба] // URL: http://lex.uz (мурожат 
қилинган вақт 18.02.2020).



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling