I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
42 43 va qonuniy mustahkamlovchi muhim qoidadan boshlanadi. Konstitutsiyaning 1-moddasida “O‘zbekiston - suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi”, deb belgilangan. O‘zbekistonda davlatning boshqarish shakli respublikadir. Respublika - xalq hokimiyati demakdir. Respublika - eng asosiy umuminsoniy huquqiy boyliklardan biridir. Boshqaruvning respublika shakli davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining saylab qo‘yilishini anglatadi. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir. “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi). 1989-yilning 21-oktabrida ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi mustаqillik uchun qo‘yilgan eng muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 1995-yil “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Endilikda o‘zbek tilida idora ishlari, hujjatlar olib borilmoqda. O‘zbek tilida qonunlarimiz yozilmoqda, davlat hujjatlari, ilmiy hech kim bilan bo‘lishmaydi. Hokimiyatni Konstitutsiyaning 7-moddasida nazarda tutilmagan tartibda o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, davlat hokimiyatining yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish g‘ayrikonstitutsiyaviy hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini, O‘zbekiston barcha fuqarolarining munosib turmushini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Hokimiyat kimnidir boshqarishni, uning xohish-irodasini o‘ziga qaratishni anglatadi. Hokimiyat - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyatining yuzaga kelishi bilan paydo bo‘ladi va barcha insonlar jamiyatida mavjuddir, chunki barcha insonlardan jamiyatni turli vosita va ehtiyojlar orqali boshqarishni ta’minlash talab qilinadi. Millat suvereniteti - Zamonaviy Konstitutsiyaviy huquqda, davlat va xalq suverenitetidan tashqari, har bir millatning o‘z taqdirini belgilash huquqi sifatida tushunilgan milliy suverenlik tushunchasi shakllandi. Milliy suverenitetning mazmuni millatning suvereniteti va uning tashkiliy-huquqiy jihatdan boshqa xalqlar bilan munosabatlarining shaklini tanlashda siyosiy erkinligi nazarda tutiladi. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat shakllanishi bilan bir qatorda milliy qonunchilikning rivojlanish va amal qilish jarayonlari chuqurlashib bormoqda. O‘zbekistondagi mavjud qonunchilik tizimi umumiy qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga muvofiq rivojlanmoqda. U xalqaro huquq bilan davlat ichki huquqining mushtarakligi, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar, shartnomalar va konvensiyalarni mustahkamlash asosida takomillashib borayapti. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “O‘zbekiston - suveren demokratik respublika” ekanligini e’lon qiluvchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling