I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
38 39 prinsiplari va normalarini buzmagan holda, o‘zi xohlagancha hal qiladi. Suverenitet davlatga xos tushuncha bo‘lib, u bilan birga vujudga keladi. Davlat va uning xususiyati bo‘lgan suverenitet tarixiy hodisadir. Millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, ya’ni o‘z taqdirini chet davlatlarning aralashuvisiz belgilash huquqi davlat suverenitetning asosini tashkil etadi. Suvеrеnitеt mаhаlliy dаvlаt vа uning mаnsаbdоr shахslаrining mаqоmi vа huquqlаrini bеlgilаshdа muhim rоl o‘ynаydi. 5 Suverenitet, avvalo, davlat tomonidan uning ichki funksiyasini amalga oshirish vaqtida ko‘rinadi. Jamiyatda huquqiy tartibni o‘rnatish, mansabdor shaxslarga, jamoat birlashmalariga va fuqarolarga huquqlar berilishi hamda majburiyatlar yuklatilishi - bularning hammasi davlat ichki sityosatida hokimiyatining ustuvorligini bildiradi. Hozirgi sharoitda davlat suvereniteti prinsipi xalqaro hamkorlikning eng muhim masalasidir. Yer yuzidagi barcha mamlakatlar o‘zaro munosabatlari suveren tenglik prinsipiga asoslangan. 1913-yilda yеr kurrasida 57 davlat mavjud edi. Hozirga kelib ularning soni ikki yuzdаn оshdi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, XX asrning ikkinchi yarmida yеr kurrasidagi davlatlarning soni uch baravarga oshdi. Ushbu omilning o‘zi bizning davrimizga kelib, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqi, davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va jamiyat hayotining davlat-huquqiy shaklidan foydalanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Davlatning suveren tengligi prinsipi xalqaro huquqning umum tan olingan prinsiplaridan biri sifatida Birlashgan Millatlar tashkiloti Ustavida ham mustahkamlangan. Har 5 John H. Jackson. Sovereignty-modern: a new approach to an outdated concept. // http:// scholarship. law. George town. edu. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling